Ford mashinalarini virtual voqelikda loyihalashtirmoqda

Ford mashinalarini virtual voqelikda loyihalashtirmoqda

Virtual voqelik tez orada smartfonlar kabi ommalashib ketadi, deb hisoblaydi “Ford”chilar.

Virtual voqelik texnologiyasi yangi Ford Fiestaning dizayni ustida ishlashda qo‘l keldi. Kompaniya dizaynerlari maxsus jihozlangan studiyada uskunalar paneli, o‘rindiqlar va boshqaruv mexanizmlarini loyihalashtirdi.

Shu bilan birga kompaniya virtual voqelik va raqamli gologramma yordamida mashinasozlik sohasida bir qator yechimlarni taklif qilmoqchi.

“Odamlar o‘zlariga mahsulot yoqish-yoqmasligini bilishlari uchun uch daqiqa yetarli va bu avtomobilga ham tegishli. Salonga o‘tirgan oningizda avtomobilning hidi, yopilayotgan eshigining ovozi, sirti va pardozlangan materiallarining sezgisi bilan kuchli tasavvuringiz uyg‘ona boshlaydi; agar biz dizaynerlar bu manzarani virtual voqelik yordamida mijozlarga tasvirlab bera olsak, katta burilish bo‘ladi”, deydi “Ford”ning interer dizayni masalalari bo‘yicha bo‘linmasi rahbari Amko Linarts.

Virtual voqelik texnologiyasi ko‘plab avtomobil brendlari tomonidan keng qo‘llanilayotganini qayd etib o‘tish joiz. Avvalroq, Jaguar Land Rover kompaniyasi Rossiya avtosalonida bu texnologiyani namoyish qilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.