Fotoradardan qarzdorlar uchun «AUTO CON» moslamasi ishga tushirildi

  •   DiMaX
  •  1030
  •  16.04.2019 16:53

Fotoradardan qarzdorlar uchun «AUTO CON» moslamasi ishga tushirildi

Toshkent viloyati hududida joylashgan avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qariyb bir yildan ortiqroq vaqtdan buyon onlayn rejimda ishlamoqda. Bu haqda viloyat IIB YHXB Matbuot guruhi inspektori Rustam Asqarovning O‘zAda e’lon qilingan xabarida aytilgan.

O‘QING: Samarqandda innovatsion svetofor o‘rnatildi – uni piyodalar boshqaradi!

Bu muddat ichida ushbu fotoradarlar orqali 95 ming 732 ta qoidabuzarlik aniqlandi, deyiladi xabarda. Ushbu aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan, belgilangan talablarga bepisand qaragan 17 ming 254 avtomobil haydovchisidan jarimalarni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Ayni paytda joylarda Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan hamkorlikda maxsus reydlar tashkil etilgan. Soha mutaxassislari «AUTO CON» moslamasi yordamida qarzdor haydovchilarni aniqlab, shu joyning o‘zida tashkil etilgan sayyor kassalar yordamida jarimalarni undirishmoqda. Jumladan, Zangiota, Toshkent, Yangiyo‘l va Yuqori Chirchiq tumanlarida olib borilgan reydlar davomida qarzdorligi aniqlangan 429 transport vositasidan 93 million 458 ming so‘mdan ortiq jarima undirildi.

Shuningdek, jarimani to‘lamagan 94 nafar haydovchining transport vositalari to‘lovni amalga oshirganiga qadar jarima maydonlariga joylashtirilgan.

O‘QING: Yo‘lda radar bormi? Unda bu haqda Waze orqali xabar bering