Gadjetingizga bog‘lanib qoldingizmi? Bundan iOS 12 orqali xalos bo‘lasiz

  •   Saroy
  •  1268
  •  02.06.2018 15:45

Gadjetingizga bog‘lanib qoldingizmi? Bundan iOS 12 orqali xalos bo‘lasiz

Apple iOS 12 operatsion tizimining navbatdagi versiyasida juda foydali funksiya — Digital Health paydo bo‘lmoqda.  San-Xose shahrida dasturchilar uchun bo‘lib o‘tadigan WWDC 2018 konferensiyasida ushbu qurilmaning taqdimoti rejalashtirilgan. U sizni gadjetga bog‘lanib qolishdan xalos etadi.

Yangi qurilma yordamida foydalanuvchilarning iPhone, Mac, Apple Watch hamda alohida ilovalarga sarflayotgan vaqtini nazorat qilib boradi.  Ehtimol, Apple gadjet sohiblariga ushbu vaqtni yana ham kamaytirish imkonini yaratar, buning uchun gadjetga taymer yoki ma’lum vaqtga bo‘ljallangan limit o‘rnatiladi.

O‘QING: To‘liq ro‘yxat: Apple devayslariga iOS 11.4 talqini bilan qo‘shilgan imkoniyatlar

Ushbu g‘oya aslida unchalik yangi emas. Masalan, Android P’da Digital Wellbeing deb ataladigan «kalkulyator» bor.  U nafaqat foydalanish vaqtini, balki smartfon necha marta blokdan yechilganini, kelayotgan bildirishnoma sonini  va YouTube roliklarini tomosha qilish vaqtini o‘lchaydi. Unga uxlash vaqti kelganini yoki gadjetni o‘z holiga qo‘yishni eslatib turuvchi budilnik ham o‘rnatish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda sarf qilinayotgan vaqtni Instagram ham hisoblay boshlagan edi, You Tube esa, videoroliklarni tamosha qilishdan qachon tanaffus qilish kerakligini eslatib turadi.

O‘QING: Kechagina taqdim etilgan iOS 11.4 talqinigacha yangilanuvchi gadjetlarning to‘liq ro‘yxati

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.