Galaxy A04 Core renderlari tarqatildi

Galaxy A04 Core renderlari tarqatildi

Samsung o'zining bu yilgi Galaxy smartfonlari portfoliosiga yana bir super-byudjet telefon qo'shadigan ko'rinadi. Kompaniyaning eng arzon telefoni bo'lishi aytilayotgan Galaxy A04 Core modelining 100% aniqlikdagi renderlari tarqatildi.

Suratlardan ko'rish mumkinki, yangi avlod Core modeli oldingisiga juda o'xshash. Mobil qurilma orqa tomonida bittalik asosiy kamera bilan LED chiroqqa ega va ularning atrofi alohida naqsh bilan bezalmaganligi tashqi ko'rinishda Galaxy A04 Core'ni o'zining avvalgisi bo'lgan Galaxy A03 Core'dan ajratib turadigan yagona sezilarli farqdir. Old tomonida esa yanada qalinlashgan ramka bilan yuqori markazdagi Infinity-V dizayndagi tirqishda selfi kameraga ega. Smartfonning polikarbonat orqa paneli matte qoplamaga ega. Renderlardan ko'rish mumkinki, telefon qora, och yashil va mis ranglarida chiqariladi.

Qurilma texnik xususiyatlari biroz noaniq, lekin tahminlarga ko'ra Galaxy A04 Core Exynos 850 chipseti bilan Android Go operatsion tizimida ishlashi mumkin. Chiqarilishi sanasiga kelsak, bu shu oy oxiri yoki iyul oyida sodir bo'lishi mumkin. Afsuski, uning narxi va qaysi mamlakatlar uchun taqdim qilinishi haqidagi ma'lumotlar ham noma'lum.

O'QING: Byudjet sinfiga mansub Galaxy smartfoni Android 12 tizimiga o‘tmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!