Galaxy A8+ yoki OnePlus 5T: qay birini olsam ekan?

Galaxy A8+ yoki OnePlus 5T: qay birini olsam ekan?

Samsung kompaniyasi qo‘sh kamerali va Infinity Display, 6 gigabaytli tezkor xotiraga ega Galaxy A8 + smartfonini taqdim qildi. Undan bir muddat avval esa OnePlus 5T flagmani taqdim qilingan edi. Bugun OnePlus 5T'ning eng yuqori talqini $560 dollardan sotilayotgan bo‘lsa, Galaxy A8 Plus esa $650 AQSh dollarga narxlangan. Narxlar g‘alati ko‘rinishi mumkin.

Boisi, OnePlus 5T eng kuchli hisoblangan Snapdragon 835 rusumli "elektron yurakcha"ga ega. Quyida batafsil tanishamiz.

Ekran imkoniyatlari

Har ikkala gadjeta barmoq izi skaneri mavjud. Galaxy A8+ (2018) modeli esa 6 dyuymli, 2220×1080 pikselli, Super AMOLED matritsasi bilan ta’minlangan.

6.1 dyuymli OnePlus 5T'ning ekrani matritsasi Optic AMOLED texnologiyasi asosida tayyorlangan bo‘lib, uning piksellar sig‘imi Full HD+ — 2160x1080 belgiga teng. Ekran 2.5D effektli Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan.

Kimning "yuragi" zo‘r?

Galaxy A8 Plus 8 yadroli, ma’lumotni 14 nanometrli texnik jarayonda ishlaydigan Exynos 7885 protsessori, 6 gigabaytli tezkor hamda 64 gigabaytli doimiy xotiraga ega bo‘lgan.

OnePlus 5T esa o‘ta kuchli -- 2.45 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Snapdragon 835 chipida ishlaydi. U ma’lumotni 10 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydi. Shuningdek, smartfonning 6/8 gigabaytli (LPDDR4x!) tezkor va 64/128 (UFS 2.1) gigabaytli doimiy xotiraga ega talqinlari mavjud.

"O‘tkir ko‘z"lar bir-biridan zo‘r!

Galaxy A8+ (2018)'ning old sensorlardan biri 16 megapikselli, yorug‘lik taqsimoti moslamasi f/1.9 standartli. Unga yordamchi sifatida 8 megapikselli, yorug‘lik taqsimoti moslamasi f/1.9 standartli yana bir kamera moduli o‘rnatilgan. Bosh kamera esa 16 megapikselli surat olish imkoniyatiga ega. Uning yorug‘lik taqsimotiga mas’ul moslamasi bir oz ilg‘or -- f/1.7 standartli.

OnePlus 5T 20 va 16 Mp sig‘imli (Sony IMX398 va IMX376K) kamera ob’yektivlariga ega bo‘lgan. Bulardan biri ilg‘or -- f/1,7 diafragmali. Demak, smartfon yorug‘lik kam sharoitda ham yaxshi suratga olishni uddalashi kerak. Shuningdek, old kamera pikseli ham oshgan — 16 Mp.

Kuch-quvvat bersin!

Galaxy A8 Plus 3500 mA soat sig‘imli, tezkor xotirani qo‘llab-quvvatlaydigan akkumulyator o‘rnatilgan.

OnePlus 5T'ning 3300 mA soat sig‘imli akkumulyatori Dash Charge texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va 30 daqiqada bir kunga yetadigan quvvatni to‘play oladi.

Metall korpus haqida bir og‘iz ...

Galaxy A8 Plus korpusi IP68 standarti asosida suv hamda changdan himoyalangan.

OnePlus 5T smartfoni esa changdan va suvdan himoyalanmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!