Galaxy Book2 Pro va Book2 Pro 360 noutbuklari taqdim etildi

Galaxy Book2 Pro va Book2 Pro 360 noutbuklari taqdim etildi

Kutilganidek Samsung MWC tadbirida o‘zining yangi noutbuklarini taqdim etdi. Ular to‘rtta bo‘lib, barchasi 1080p rezolyutsiyadagi AMOLED displeyi hamda 12-avlod Intel protsessorlari bilan jihozlangan. Shuningdek, noutbuklar S Pen stilusini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Xuddi o‘tgan yilgi modellar kabi Galaxy Book2 Pro va Galaxy Book2 Pro 360 noutbuklarining 13.3 hamda 15.6 dyuymli versiyalari bo‘ladi. 360 modeli oddiy modeldan farqi - uning ekrani 360 gradusga qayrila oladi, ya’ni undan planshet sifatida ham foydalanish mumkin.  

Galaxy Book2 Pro 360 modelining 13.3 dyuymli versiyasi og‘irligi 1.04kg bo‘lsa, 15.6 dyuymli versiyasining og‘irligi esa 1.41kg tashkil qiladi. 

Ikki AMOLED displey 1920x1080 piksel rezolyutsiyada bo‘lib, Samsung'ning ta’kidlashicha, oddiy rejimda ularning yorqinligi 400 nitni tashkil qiladi. HDR rejimida esa yorqinlik 500 nitgacha borishi mumkin. 

Displey S Pen stilusini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo unda Bluetooth mavjud emas. Samsung stilusining kechikishini kamaytirgan, endi yozuv yozish yoki rasm chizish jarayonlari yanada qulayroq bo‘ladi. Samsung Notes ilovasi qo‘l yozuvini yaxshi aniqlash tizimi, giperhavolani qo‘llab-quvvatlash funksiyasiga ega bo‘ldi. Endi noutbukdan Android operatsion tizimida ishlovchi Galaxy qurilmalariga qaydlarni bir zumda sinxronlashtirish mumkin. 

Galaxy Book2 Pro 360 noutbuki 12-avlod Intel Core i7 yoki i5 protsessori hamda Intel Iris X grafik kartasi bilan jihozlandi. LPDDR5 tezkor xotirasining 8/16/32GB turlari mavjud. 

13,3 dyuymli Galaxy Book2 Pro 360 noutbuki 63 vt/soat, 15,6 dyuymli model esa 68 vt/soat sig‘imi akkumulyatorga ega. Ikkala modelda ham bitta Thunderbolt 4 va ikkita USB-C portlari, quloqchin va mikrofon uchun port va microSD uyasi mavjud. Zaryadlash USB-C porti orqali 65 vattda amalga oshiriladi. Kompaniya Galaxy Book2 Pro 360'ning akkumulyatori quvvati 21 soatgacha yetishiga va’da bermoqda.

Oddiy modellarda portlar biroz boshqacha. 13,3 dyuymli Galaxy Book2 Pro'da bitta Thunderbolt 4, bitta USB-C, bitta to‘liq o‘lchamli USB 3.2 porti, 3,5 mm audio jek va microSD uyasi mavjud. 15,6 dyuymli model to‘liq o‘lchamli HDMI, shuningdek, 5G tarmog‘i uchun SIM-karta uyasi bilan jihozlangan. 

Galaxy Book2 Pro noutbuki Silver va Graphite ranglarda taqdim etildi. Core i7 hamda 8/256GB xotiraga ega bo‘lgan versiyaning narxi 1050 dollarni tashkil qiladi. 

O‘QING: Katta ekran katta pul degani emas 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.