Galaxy F42 5G ham sertifikat oldi – xususiyatlari bilan tanishamiz

  •   DiMaX
  •  1253
  •  19.06.2021 09:59

Galaxy F42 5G ham sertifikat oldi – xususiyatlari bilan tanishamiz

Samsung kompaniyasi beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi hamyonbop smartfonlar assortimentini kengaytirishda davom etmoqda. Shulardan biri – Galaxy F42 5G modeli yaqinda Wi-Fi sertifikatini olgan va tez orada taqdim etiladi.

O‘QING: Galaxy M32 namoyishidan oldin yoqib, ishlatib ko‘rsatilgan anboksing videosi chiqdi

 Katalog raqami SM-E426B bo‘lgan Samsung Galaxy F42 5G smartfoni endi Bluetooth SIG ma’lumotlar bazasida ham «ko‘rinish berdi». Mazkur tashkilot yangi modeldan tashqari Galaxy A22 5G, Galaxy Buddy hamda Galaxy Wide 5 qurilmalariga bitta sertifikat berganiga qaraganda, kutilayotgan smartfonning texnik xususiyatlari ham Galaxy A22 5G modeliniki kabi bo‘ladi.

Aytish kerakki, Galaxy A22 5G smartfoni o‘lchami 6,6 dyuymlik, kadr yangilanig chastotasi 90 gerslik IPS-ekranga ega. Uning uchtalik kamerasida bosh kamera 48 megapiksellik, akkumulyatori esa 5000 mA/soatlik. Samsung bu mahsulotini MediaTek Dimensity 700 protsessori bazasida tayyorlagan va 4–8 gigabaytlik tezkor, 64–128 gigabaytlik doimiy xotirali variantlarda sotyapti.

Galaxy F42 5G modelida undan farqli xotira modifikatsiyalari bo‘lishi ham mumkin. Keyingi oylarda Samsung o‘rta narxli va arzon smartfonlarida batareya sig‘imdorligiga katta ahamiyat bermoqda. Shunga qaraganda, yangi qurilmada ham 6000 yoki hatto 7000 mA/soatlik akkumulyator qo‘llanishini kutish mumkin. Uning qadoqdanoq Android 11 operatsion tizimi bilan taqdim etilishiga esa shubha qilmasa ham bo‘ladi.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!