Galaxy Fold 2 renderlari chiqdi. Dizayn bilan tanishamiz

Galaxy Fold 2 renderlari chiqdi. Dizayn bilan tanishamiz

Quyidagi postda taqdim qilinuvchi rasmlar mish-mishlarga asoslangan renderlar bo‘lib, ular Galaxy Fold 2 haqida yangi ma’lumot bermaydi. Renderlar vizual yordamchi vazifasini bajarib, buklamafonning ikkinchi avlodi qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi haqida tushuncha hosil qilishingizga yordam beradi, xolos.Rasmlardan smartfon dizayni takomillashtirilib, ikkilamchi displey kattaroq bo‘lishi, Galaxy S20'lardagi kabi orqa kamera modulidan foydalanilishi va selfi kamera dizayni ham o‘zgartirilishini ko‘rish mumkin.Galaxy Fold 2'da Galaxy Z Flip'dagi oshiq-moshiqdan foydalanilgani sabab, ikki displeyning buklanish nuqtasida ochiq qolgan joy yo‘qligi ko‘rinib turibdi.

O‘QING: Samsung Galaxy S20: hammasiga koronavirus sababchimi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!