Galaxy J6 va Galaxy A6 (2018) arzon bahoda sotuvga chiqariladi

Galaxy J6 va Galaxy A6 (2018) arzon bahoda sotuvga chiqariladi

Aytish joizki, Samsung kompaniyasining Galaxy Note 8 hamda Galaxy S9 kabi flagman smartfonlari "Infinity Display" dizayniga ega bo‘lgani bois juda tez ommalashmoqda va ko‘pchilikning ijobiy munosabatiga sazovor bo‘lgan. Endi navbat xuddi shunday displeyli, faqat texnik jihatdan bir oz pastroq, shu bilan birga narxi ham arzon smartfonlarga kelgan ko‘rinadi.

Samsung bir necha daqiqalar oldin Galaxy J turkumiga mansub 2 ta, shuningdek Galaxy A6 hamda Galaxy A6+ nomli yangi smartfon modellarini Hindistonda ham taqdim qildi. Barcha yangi smartfonlar "Infinity Display" dizaynidagi old panelga ega bo‘lgan va ko‘rinishidan juda hashamdor.

Yangi ming yillikning nozikta’b xaridorlari uchun ishlab chiqilgan Galaxy "J" turkumining mazkur mobil aloqa vositalari ekran hoshiyalaridan mahrum bo‘lgani evaziga, ularda tasvirni tomosha qilish yanada qulay. Biroq, piksellar sig‘imi flagmanlarniki kabi emas, aniqrog‘i 1280 x 720 pikselli. A6+ modeli esa FHD+ ekran bilan ta’minlangan. Shu bilan birga, smartfonlar nisbatan hamyonbop narxlarda sotuvga chiqariladi.

Yangi Galaxy J6 smartfoni 5.6 dyuymli AMOLED Infinity display ekraniga ega bo‘lgan. Smartfon faoliyati uchun 8 yadroli protsessor mas’ul. Devaysga 2/3/4 gigabaytli tezkor hamda 32/64 (doimiy xotirani kengaytirish uchun microSD bo‘lmachasi mavjud) doimiy xotira kartasi o‘rnatilgan.

Bosh kameraga 13 megapikselli, old kameraga 8 megapikselli matritsaga ega ob’yektivlar o‘rnatilgan. Har ikkala kameralar LED fotochaqnog‘i bilan ta’minlangan.

Ikka SIM kartali smartfonlar LTE aloqa tarmoqlarida ishlaydi.

Kuch-quvvat uchun elektr toki sig‘imi 3,000 mA soat bo‘lgan akkumulyator o‘rnatilgan.

Smartfonlar Android 8.0 Oreo tizimining Samsung Experience 9.0 UX talqini boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Galaxy “J” turkumiga mansub yangi smartfonlar esa 220 dollardan 290 dollargacha bo‘lgan narxda sotiladi. Bir muddat avval bu modelning eng arzoni 290 dollardan sotilishi haqida xabar tarqatilgan edi.

Galaxy A6 hamda Galaxy A6+ smartfonlari 5,6 hamda 6 dyuymli displeyga ega bo‘lgan. Birinchisining protsessori 1,6 GGs takt chastotasida ishlaydi, Galaxy A6+ modelida esa bu ko‘rsatkich 1,8 GGs.gacha oshirilgan. Akkumulyatorlarining tok sig‘imi ham o‘zgacha: Galaxy A6 smartfonida u 3000 mA/soatga teng bo‘lsa, uning «akasi» 3500 mA/soatlik batareya bilan «qurollangan».

Galaxy A6 f/1.7 diafragma bilan ta’minlangan 16 megapikselli bitta bosh kameraga ega bo‘lgan. Uning old kamerasi ham 16 megapikselli, ammo f/1.9 diafragmali. «Plyusli» yangi smartfonning asosiy kamerasi esa 16 va 5 megapikselli ikkita ob’yektivni o‘z ichiga olgan. Galaxy A6+’ning old kamerasi 24 megapikselli selfilar oladi.

Galaxy A6 modeli 290 AQSh dollaridan boshlab, 360 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqarildi.

O‘qing: "Arzon Galaxy S8" bugun taqdim qilinadi