Galaxy J7+: brendning qo‘sh sensorli arzon smartfoni olgan ilk suratlar

Galaxy J7+: brendning qo‘sh sensorli arzon smartfoni olgan ilk suratlar

Samsung 2017 yilning sentyabrida taqdim etgan yana bir qiziqarli smartfonlardan biri, bu -- qo‘sh kamerali Samsung Galaxy J7 Plus bosh kamerasi qo‘sh bo‘lgan, shu bilan birga nisbatan kompaniyaning hamyonbop turkumga kiruvchi mobil aloqa vositasi.

Samsung Galaxy J7+ gadjeti 5.50 dyuymli Full HD displey, 2.4 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Helio P20 chipi, 4 GB tezkor va 32 GB (256 gigabaytgacha microSD) doimiy, 3000 mA soat tok sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan. Devays Android 7.0 operatsion tizimida ishlaydi. Unda NFC chipi mavjud emas.

Samsung Galaxy J7 Plus xalqaro smartfon bozorida 22 sentyabrdan boshlab 388 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Bosh kameradagi asosiy kamera moduli 13 megapikselli, f/1.7 standartidagi yorug‘lik taqsimlovchi moslamaga ega. Uning yordamchisi sifatida 5 megapikselli, f/1.9 diafragmali modul tanlangan. Samsung bu kamera juftligi kuchli suratlar olishi bilan maqtangan.

Galaxy J7+ kamerasidagi Live Focus texnologiyasi detallarga boy, shuningdek, orqa foni xiralashtirilgan suratlar oladi. Fokusni suratga olgandan keyin ham tanlash imkoni mavjud.

Selfi olish imkoniyati ham Galaxy J7 Plus'da yuqori. 16 megapikselli, f/1.9 diafragmali old kamera uchun ham LED fotochaqnog‘i hozirlangan. Shuningdek, old kamera ham fokus funksiyasi mavjud bo‘lib, u detalli, yon tomonlari g‘ira-shira effektli suratlar oladi.

Quyida Galaxy J7+ olgan suratlarga baho bering.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.