Galaxy M01 namoyish etilib, sotuvga ham chiqdi – Redmi va Realme arzon smartfonlariga Samsung javobi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1828
  •  02.06.2020 15:49

Galaxy M01 namoyish etilib, sotuvga ham chiqdi – Redmi va Realme arzon smartfonlariga Samsung javobi! (+video)

Samsung kuni kecha Galaxy M01 modelining xususiyatlarini Rossiyadagi rasmiy saytiga chiqargan edi. Endi esa kompaniya Hindistonda uning taqdimotini o‘tkazib, Rossiyadagi narxini ham ma’lum qildi.

O‘QING: Eng arzon Samsung smartfoni – Galaxy M01 haqida Geekbench xushxabar berdi!

Galaxy M01 uchun Hindistonda 8,999 rupiy miqdorida narx belgilangan, bu esa taxminan 120 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Internetda allaqachon uni qadog‘idan olib, ishlatib ko‘rsatilgan videolari ham paydo bo‘ldi:

Rossiyada bo‘lsa Galaxy M01 modelini 8990 rubldan sotishyapti, bu esa Hindistondagidan sal qimmatroq – taxminan 130 dollarga to‘g‘ri keladi. Mazkur mamlakatda uni faqat ko‘k rangli korpusda, 3/32 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali variantda taklif etishadi.

Aytish kerakki, Samsung mazkur modeli bilan xitoyliklarning Redmi hamda Realme singari arzonchi brendlar smartfonlariga qarshi raqobatga kirishmoqda. Bundan tashqari...

O‘QING: Samsung hatto Galaxy M01’dan ham arzon yana bitta smartfon tayyorladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.