Galaxy M14 byudjet smartfoni Galaxy S23 kamera dizaynida taqdim qildi

Galaxy M14 byudjet smartfoni Galaxy S23 kamera dizaynida taqdim qildi

Samsung kompaniyasi bir necha kun avval o'zining byudjet sinf smartfonlari qatoriga yangi, Galaxy M14 modelini qo'shdi. U Galaxy A14 ga o'xshash ko'rinish va texnik xususiyatlarga ega.

Galaxy M14 smartfoni 6.6 dyuymli Full HD+ rezolyutsiyasidagi PLS LCD ekranga ega va u 90 gerts yangilanish tezligini qo'llab-quvvatlaydi. Ekran Samsung'ning Infinity-V ramkasi bilan o'ralgan va V tirqishda 13 MP selfi kamera joylashgan.

Orqa tomondagi uchlik kamera joylashuvi bir qarashda Galaxy S23 smartfonlarini eslatib yuboradi. Ularning asosiysi f/1.8 diafragmali 50 MP sensor bo'lib, u 1080p formatda soniyasiga 30 kadr tezlikda video tasvirga olish imkonini beradi. Qolgan modullarning biri 2 MP makro bo'lsa, yana biri 2MP portret sensoridir.

Kapot ostida qurilma Exynos 1330 chipsetida 4 GB operativ va 64/128 GB doimiy xotira bilan Android 13 ga asoslangan One UI 5 versiyasida ishlaydi. Albatta, xotira yetmaganda uni microSD karta bilan kengaytirish imkoni mavjud. Smartfonning o'ziga xos xususiyati uning batareyasida – 6000 mA/soat batareyani hatto flagmanlarda ham topa olmaysiz. Biroq, quvvat ko'p bo'lgani bilan uni quvvatlash tez bo'lmaydi: USB 2.0 Type-C porti orqali smartfonni 15 Vt tezlikda zaryadlash mumkin.

Qo'shimchasiga smartfon salkam 6 gerts 5G ni qo'llab-quvvatlaydi. Shuningdek, yon tomonida barmoq izini aniqlash skaneri bilan birga simli naushnik uyasiga ham ega.

Samsung Galaxy M14 smartfoni to'q ko'k, och havorang va kulrang ranglarda Ukrainada taklif qilinadi. Narxlar quyidagicha:

  • Galaxy M14 (4/64 GB) – 8299 ukrain grivnasi yoxud 225 dollar atrofida;
  • Galaxy M14 (4/128 GB) – 8999 ukrain grivnasi yoxud 245 dollar atrofida.

Samsung tez kunda o'zining ushbu smartfonini boshqa davlatlarda ham taqdim qilishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!