Galaxy M33 smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi

Galaxy M33 smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi

Samsung shu yilning boshida Galaxy M32 smartfonini taqdim etgan edi. Endi kompaniya uning yangi avlodi - M33 qurilmasini taqdim etmoqchi. 

Qurilmaning prototip versiyasi yaqinda GeekBench'da testdan o‘tdi va uning Exynos 1200 chipi bilan jihozlanganligi ma’lum bo‘ldi. 

Demak, Galaxy A53 5G hamda Galaxy M33 qurilmalari bir turdagi chipsetga ega bo‘ladi. Avvalroq A53 5G ham GeekBench'da testdan o‘tgan edi. Agar ular qayd etgan natijalari taqqoslak, hech qanday katta farqni sezmaymiz. 

Galaxy M33 allaqachon SafetyKorea tomonidan sertifikatlandi. Ushbu jarayonda qurilma EB-BM336ABN model raqami hamda 6,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. 

Avvalgi M32 bilan taqqoslak, akkumulyator sig‘imi bo‘yicha yangi smartfonda hech qanday o‘zgarish yo‘q. 

GeekBench'da testdan o‘tgan smartfon Android 12 operatsion tizimi hamda 6GB tezkor xotiraga ega edi. Katta ehtimol bilan, qurilmaning turli xil xotira hajmiga ega bo‘lgan turlari bo‘ladi. 

Galaxy M33'ning taqdimot sanasi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Odatda Samsung yilning boshida S seriyasidagi flagman smartfonlarini taqdim etadi. Agar ushbu an’ana buzilmasa, Galaxy M33 yaqqin ikki oy ichida taqdim etilmaydi. 

O‘QING: 2021 yil sarhisobi: Samsung'ning muvaffaqiyati hamda muvaffaqiyatsizligi nimada? 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!