Galaxy Note10 va Note10+ lar rasman arzonlashtirildi

Galaxy Note10 va Note10+ lar rasman arzonlashtirildi

Samsung'ning rasmiy veb-saytida amerikaliklar uchun maxsus taklif paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, bo‘lajak mijozlar Galaxy Note10/Note10+ smartfonlarini 150 dollar arzonroqqa xarid qilishlari mumkin.

Agar siz ham AQShda istiqomat qilsangiz va ushbu flagmanlardan birini xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, hozir temirni qizig‘ida bosishning ayni vaqti, sababi ushbu taklif cheklangan muddatgagina amal qiladi.

Shunday qilib, Note10'ni 800 dollar evaizga, Note10+ ni esa 1050 dollardan boshlab sotib olish mumkin. 

Bunga qo‘shimcha qilib, Samsung AKG N700NC M2 simsiz quloqchinlarini ham tekinga bermoqda. Shunday qilib, Note10/Note10+ ni hozir xarid qilsangiz, 300 dollargacha pul tejashingiz mumkin bo‘ladi.

Batafsil ma’lumot uchun bu yerga bosing.

O‘QING: Samsung Galaxy Note10 Lite Geekbench'da sinovdan o‘tdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.