Galaxy Note 9 sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  5097
  •  22.08.2018 09:05

Galaxy Note 9 sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatdi!

Samsung korporatsiyasi joriy oyning boshida namoyish etgan Galaxy Note 9 fableti tashqi ko‘rinishiga qaraganda o‘tgan yilgi «ajdod»idan uncha farq qilmaydi. Ammo uning texnik ta’minoti judayam o‘zgacha; xususan, mitti akkumulyator va Bluetooth moduli bilan ta’minlangan S Pen stilusi alohida e’tiborga loyiq.

O‘QING: Galaxy Note 9 taqdim qilindi: Samsung'ning eng kuchli va qimmat smartfoni

To‘g‘ri, Geekbench benchmarkida tekshirib ko‘rilganida, Galaxy Note 9 fableti boshqa kompaniyalarning o‘tgan yilgi ikkita flagmanidan past ball olgan. Shunga qaramasdan, Samsung mazkur yangi qurilmasining reklama roliklarida ularning ustidan kulishda davom etayotir.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida Galaxy Note 9’ning rasmiy savdosi 24 avgustdan boshlanadi, yana boshqa bozorlarga uni 31 avgustdagina yetkazib berishadi. Ammo devaysga oldindan buyurtma olishni Samsung allaqachon boshlab yuborgan.

Ko‘plab manbalarning xabar berishlaricha, Samsung Galaxy Note 9 ayni damda avvaldan buyurtmalar berish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqda. Yevropa va AQShdagi ko‘plab yirik do‘konlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur fabletga bo‘lgan talab kompaniyaning yarim yil avvalgi Galaxy S9 flagmaniga nisbatan 30 – 50 foizga yuqori. Agarda bulturgi Galaxy Note 8 modeliga oldindan buyurtmalar berilishi bilan taqqoslasak, bu yilgi fablet ikki karra yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etayotir.

Aytib o‘tish kerakki, Android 9.0 Pie’gacha yangilanuvchi Samsung devayslari ro‘yxatiga kirgan ushbu ajoyib smartfon uchun yurtimizda ham rasman buyurtma olinmoqda.

O‘QING: Ilk bor! O‘zbekistonda Samsung Note 9 smartfonlari qimmatbaho sovg‘alari bilan sotuvga qo‘yildi - Olcha.uz'da birinchilardan bo‘lib buyurtma bering!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!