Galaxy Note 9: uch modulli kamera va skanerli displeyga ega flagmanni tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  2621
  •  22.03.2018 09:30

Galaxy Note 9: uch modulli kamera va skanerli displeyga ega flagmanni tomosha qiling!

Samsung kompaniyasi 25 fevral kuni, Barselonadagi Mobile World Congress 2018 anjumani doirasida o‘zining Galaxy S9 hamda S9+ smartfonlarini taqdim etgan edi. Bu flagmanlarning savdosi esa 16 martdan boshlangani, bunda ayrim anglashilmovchiliklar kelib chiqqani haqida ham yozganmiz.

O‘QING: Galaxy Note 9 sotuvga tayyorlanmoqda

Endi esa Samsung o‘zining yanada zo‘r smartfoni – Galaxy Note 9 modeli ustida ishlamoqda. Kompaniya yaqinda shu nomdagi tegishli savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi va bu mahsulotni shu yilning kuzida taqdim etishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, internet kengliklarida mazkur qurilmaning surati ham paydo bo‘ldi. Ammo bu rasmni haqiqiy deyish qiyin – u ko‘proq konsept suratga o‘xshamoqda.

Ko‘rib turganingizdek, bu fabletning asosiy kamerasi uchta ob’yektivni o‘z ichiga olgan. Shu paytgacha uch modulli kameraga ega bo‘lgan bittagina smartfon ma’lum, hatto u ham hali rasman taqdim etilmagan.

O‘QING: Huawei P20 Pro kamerasi uch karrali zumga ega bo‘ladi (+video)

Galaxy Note 9 orqa panelida barmoq izi skaneri uchun munosib joy qolmagani shundoq ham ayon, ammo Samsung’ga buning keragi ham yo‘q. Xabarga ko‘ra, janubiy koreyaliklar, nihoyat, allaqachon xitoyliklar boshlab yuborgan texnologiyani o‘z flagmaniga tatbiq etishadi. Ya’ni, Note 9 fabletida daktiloskopik datchik bevosita displeyning o‘ziga joriy qilinadi!

Shuningdek, Note 8 modeliga nisbatan to‘qqizinchi avlod fabletida romsiz displey korpus old panelining yanada ko‘proq qismini egallaydi. Yuqoridagilardan tashqari, Galaxy Note 9 modelida simsiz quvvatlash texnologiyasi, Bixby ovozli yordamchisini chaqirish hamda stilus ham jamlanmaning o‘zida bo‘lishini taxmin qilish mumkin.

O‘QING: Hoziroq olish mumkin bo‘lgan Galaxy S9 va boshqa Samsung smartfonlarining narxlari (2018 yil 17 mart)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!