Galaxy Note20 Ultra'dan umidingizni uzavering!

Galaxy Note20 Ultra'dan umidingizni uzavering!

Display Supply Chain Consultants (Displey ta’minot zanjiri konsultantlari) kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Ross Yang (Ross Young) Samsung'ning Galaxy Note20 seriyasi smartfonlari haqida ma’lumot sizdirdi.

Yangning aytishicha, Note20 Ultra modelli smartfon chiqarilmaydi. Yangi Note oilasining eng yuqori vakili Note20+ bo‘ladi.

Note20+ o‘tgan yilgi Note10+ dan birozgina katta, ya’ni 6.87 dyuym diagonalli displeyga ega bo‘ladi. Piksel zichligi esa Note10+ niki bilan deyarli bir xil — 1440p+ rezolyutsiya.

O‘tgan yilgi Note'lardan asosiy farq ekranning 120Hz chastotada yangilanishi bo‘ladi.

Galaxy Note20 esa 6.42" displey va 1080p+ rezolyutsiyali bo‘ladi. Bu modelda ham 120Hz yangilanish chastotasi mavjud.

Smartfonlarning OLED panellari LTPO texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqarilishi, aytilmoqda. Bu esa LTPS panellarga qaraganda 5—15% ko‘proq energiya tejamkorligi demakdir.

LTPO texnologiyasi birinchi bo‘lib Apple Watch 4 smart soatlarida qo‘llanilgandi. Samsung esa bu texnologiyani ilk bor Galaxy Watch Active2 soatlarida qo‘llagan.

Yang bergan ma’lumotlarni Ice Universe ham tasdiqlab, ushbu ma’lumotlarga bo‘lgan ishonchni oshirdi.

O‘QING: Samsung hali taqdim etilmagan, «yashirin kamera»li Galaxy Note 20’ni endi «jonli» videoda ko‘rsatdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!