Galaxy P30 smartfonining «jonli» rasmlari Samsung muxlislarining hafsalasini pir qildi!

  •   DiMaX
  •  1629
  •  29.09.2018 13:53

Galaxy P30 smartfonining «jonli» rasmlari Samsung muxlislarining hafsalasini pir qildi!

Samsung kompaniyasi o‘z smartfonlarini yangi – Galaxy P turkumida ham taqdim etishni rejalashtirgan. Yangi turkumning ilk vakillari esa Samsung Galaxy P30 hamda P30+ modellari bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy P30 – barmoq izi skaneri displeyga joylashgan ilk Samsung smartfoni!

Dastlabki chiqqan ma’lumotlarda, ushbu seriyadagi qurilmalarda daktiloskopik datchik ekran ostiga joylanishi aytilgan edi. Lekin, afsuski, bu ma’lumot xato bo‘lib chiqdi.

Xitoyning telekommunikatsiya sohasida guvohnoma beruvchi TENAA tashkiloti saytida kecha Samsung Galaxy P30 modelining har tomonlama olingan «jonli» suratlari paydo bo‘ldi.

Ko‘rib turganingizdek, daktiloskopik datchik odatdagi joyida – korpusning orqa panelidan o‘rin olgan. Demak, kutilayotgan ushbu innovatsion yechimni Samsung hali bu modeliga joriy etmayotir.

Galaxy P30 smartfonining texnik xususiyatlari hozircha e’lon qilinmagan. Ammo dizayniga qarab turib ham ushbu seriyaning flagman emas, balki o‘rta toifali modellar turkumi bo‘lishini anglash mumkin.

Janubiy koreyaliklarning aksariyat modellardagi aksariyat smartfonlari esa   O‘zbekistonda, jumladan – o‘zimizning Terashop.uz internet-do‘konimizda ham rasmiy kafolat bilan sotilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy S10 flagmanlar triosining narxlari va jihatlari ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!