Galaxy S10’dan ustun, Mi 9 «kushandasi» – Meizu 16s namoyish va savdoga chiqish kuni ma’lum

  •   DiMaX
  •  961
  •  11.04.2019 11:31

Galaxy S10’dan ustun, Mi 9 «kushandasi» – Meizu 16s namoyish va savdoga chiqish kuni ma’lum

O‘z yurtida Xiaomi kompaniyasining asosiy raqobatchisi bo‘lgan Meizu ham sifati narxidan ustun gadjetlari bilan mashhur. U hozirda o‘zining Meizu 16S flagmanini taqdimotga tayyorlamoqda.

O‘QING: «Jonli» rasmlar: Hali taqdim etilmagan Meizu 16S benchmarkda Galaxy S10’dan ustun keldi!

Kutilayotgan ushbu smartfon «xitoycha Apple»ning flagmani – Xiaomi Mi 9 modelining asosiy raqibi bo‘ladi. Meizu 16s ikki modulli bosh kamerasining asosiy sensori 48 MPlik, «elektron yuragi» ham eng zo‘ri – Snapdragon 855, tezkor xotirasi esa 8 gigabaytlikdir.

Yangi xabarlarga ko‘ra, Meizu 16s flagmanini kompaniya 23 aprelda namoyish etadi, bozorga esa uni 29 aprel kuni chiqarishadi.

Meizu 16s modelining narxi hamda Xitoydan tashqarida rasman sotilish-sotilmasligi hozircha noma’lum. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa mazkur kompaniyaning turli rusumlardagi smartfonlarini 750 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Meizu smartfonlari arzonlashdi (2019 yil 2 aprel) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkaziladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!