Galaxy S10 uch modulli 3D-kameraga ega bo‘ladi. Bu hali hammasi emas...

  •   DiMaX
  •  1703
  •  01.06.2018 10:57

Galaxy S10 uch modulli 3D-kameraga ega bo‘ladi. Bu hali hammasi emas...

Ayni damda bozorga taqdim etilgan smartfonlar orasida xitoylik texnogigantning Huawei P20 Pro modeligina uchta ob’yektivli asosiy kameraga ega. Ammo kupertinolik va janubiy koreyalik yetakchi smartfonsozlar bu borada undan ham oshib o‘tishmoqchi.

O‘QING: Uch kamerali iPhone besh karrali gibrid zumga ega bo‘ladi

Manbalar bergan xabarga ko‘ra, Samsung kompaniyasi ham o‘zining navbatdagi flagman smartfonida uchta modulli bosh kamera qo‘llamoqchi, deb yozadi The Investor nashri. Ammo janubiy koreyaliklar yanada ilgarilab ketishni niyat qilishgan – bu kamera stereoskopik fotosuratlar olishga qodir bo‘ladi.

KB Securities kompaniyasi tahlilchisi Dong-von (Dong-won) fikricha, Galaxy S9 modeliga talab kamligidan kelib chiqib, Samsung kompaniyasi o‘zining smartfonlar bo‘limiga yangicha hayot olib kirmoqchi. Ular endi uchta sensorli va 3D-datchikli flagman yaratish ustida ish boshlashgan.

Shu bilan birga, DxOMark mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, uchta kamera ham hali hammasi emas. Yaqin yillarda bozorda to‘rt modulli kameraga ega smartfonlar ham chiqadi, deyishmoqda ular.

O‘QING: To‘rtta bosh kamerali Huawei Mate 20 videosini ko‘ramiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!