Galaxy S20 Ultra necha daqiqada to‘liq zaryadlanadi?

Galaxy S20 Ultra necha daqiqada to‘liq zaryadlanadi?

Samsung o‘zining so‘nggi smartfonlariga tezkor quvvatlash texnologiyalarini joriy qilib kelmoqda: Galaxy S10'lar 15 vattda, Galaxy Note10'lar esa 25/45 vattda zaryad oladi.

Galaxy S20 Ultra ham 45 vattda zaryad oladi. Aytilishicha, qurilmaning 5 000 mA/soatli akkumulyatori ixtiyoriy 45 vattli zaryadlagich-adapter bilan 58 daqiqada 0% dan 100% gacha quvvat oladi.

Galaxy Note10+ ning 4 300 mA/soatli akkumulyatori 25 vattli adapterda bir soatdan ortiqroq, 45 vattli zaryadlagich bilan esa bir soatga yaqin vaqt ichida to‘liq quvvatlanishini hisobga olsak, yangi flagmanning bu natijasini a’lo darajada, deb baholash mumkin.

Smartfon akkumulyatori quvvati kamligida yuqori vattda, zaryad to‘lib borishi bilan esa quyiroq vattda zaryadlanadi. Aftidan, Galaxy S20 Ultra'ning akkumulyatori yuqori vattda zaryadlanish bosqichini Galaxy Note10+ nikiga qaraganda ko‘proq ushlab tura oladi va natijada devays tezroq quvvatlanadi.

O‘QING: Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra’larning barcha farqlarini bittada ko‘rib chiqamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!