Galaxy S20‘ni cho‘ntak ko‘tarmayaptimi? Samsung uning Lite-versiyasini tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  1097
  •  11.06.2020 17:38

Galaxy S20‘ni cho‘ntak ko‘tarmayaptimi? Samsung uning Lite-versiyasini tayyorlayapti!

Samsung kompaniyasi o‘tgan yili kutilmaganda Galaxy S10 Lite hamda Galaxy Note 10 Lite smartfonlarini taqdim etgan. Bular – tegishlicha Galaxy S10 flagmani va Galaxy Note 10 fabletining «yengilroq» versiyalaridar.

O‘QING: Samsung smartfonlari, planshetlari va televizorlariga chegirma, yana sovg‘alari ham bor!

Samsung uchun noan’anaviy bo‘lgan mazkur tajriba o‘zini oqladi – nisbatan arzon bo‘lgan ushbu yarimflagman smartfonlar yaxshi sotilyapti. Shundan kelib chiqib, kompaniya bu yil ham flagmanlarining «yengil» versiyalarini tayyorlamoqda.

Har holda, insayderlar Galaxy S20 Lite haqida ma’lumot tarqatib ulgurishgan. Kompaniya ichida ushbu modelni Galaxy S20 Fan Edition nomi bilan yuritishyapti, uning katalog raqami esa SM-G780 va SM-G781 (hududiga bog‘liq holda) hisoblanadi.

Galaxy S20 Lite haqida batafsil ma’lumot yo‘q, ammo uning 128 gigabaytlik flesh-xotiraga ega varianti bo‘lishi ma’lum. Samsung uni Android 10 operatsion tizimi asosida tayyorlangan One UI 2.5 grafik qobig‘i bilan chiqarishi kutilmoqda, lekin taqdimot vaqti ham aniq emas.

«Yengillashtirilgan flagman»ning qaysi protsessor bazasig qurilishi noma’lum; lekin Galaxy S10 Lite modelining Snapdragon 855 chipseti bazasida tayyorlanganini hisobga olsak, uning davomchisida Snapdragon 865 bo‘lishini kutish mumkin. Yana kim biladi, bu protsessorning qimmatligi Galaxy S20 Lite tannarxini oshirib yuborishini hisobga olib, Snapdragon 765G qo‘llanishi ham ehtimoldan xoli emas. Shunda u o‘rta narxli smartfonlarning yangi «qiroli» sifatida bozorga kirib keladi.

O‘QING: Dunyodagi eng kuchli o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!