Galaxy S21 FE hamda Galaxy S22 seriyasining taqdim etilish sanasi ma’lum bo‘ldi
Jon Prosserning yangi ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung kelasi yil boshida ikkita Unpacked tadbirini o‘tkazmoqchi. Birinchisi 4-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi va unda uzoq vaqtdan beri kutilyotgan Galaxy S21 FE smartfoni taqdim etiladi.
Ikkinchi tadbir esa bir oydan keyin, aniqrog‘i 8-fevralda bo‘lib o‘tadi. Unda esa Galaxy S22 seriyasi taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Manbaga ko‘ra, Galaxy S21 FE smarfoni 11-yanvardan sotuvga chiqariladi. Shuningdek, Unpacked tadbiridan so‘ng kompaniya S22 seriyasi smartfonlariga oldindan buyurtmalar olishni boshlaydi. Smartfonlar esa 18-yanvardan sotuvga chiqadi.
Hozircha kompaniya smartfonlar qachondan sotuvga chiqishi haqida hech qanday rasmiy ma’lumot bermadi.