Galaxy S21'larni qulf ekranidan chiqarishning kutilmagan usuli bo‘ladi

Galaxy S21'larni qulf ekranidan chiqarishning kutilmagan usuli bo‘ladi

Yangilik: Bixby hali ham rasman bor ekan. Bu hali hammasi emas, Bixby 2021 yilda ham mavjud bo‘lar ekan. SamMobile'ning xabar berishicha, Galaxy S21 modellari Bixby Voice'ga ega bo‘ladi. Agar muvaffaqiyatsizlikka uchragan yordamchining marosimsiz «dafn qilinishi»ni kutayotgan bo‘lsangiz, bunga hali ancha borga o‘xshaydi.

Samsung o‘zining Bixby yordamchisi qamrovini kengaytirish uchun S21 modellariga Bixby Voice'ni joriy qiladi. Bu bilan smartfonlarni ovoz yordamida qulfdan chiqarish mumkin bo‘ladi.

Ekranni ovoz bilan qulfdan chiqarish Face ID'dan ham ishonchsizroq. Bixby’ning samarasiz ekanini inobatga olsak, bu yanada xavfli biometrik usulga aylanadi. Umid qilamizki, bu taxminlarimiz oxir-oqibat xato bo‘lib chiqadi.

Smartfonni Bixby Voice bilan qulfdan chiqarish usuli One UI 3.1 qobig‘ining bir qismi bo‘lishi mumkin. One UI 3.1 proshivkasi Galaxy S21 smartfonlarida debyut qilinadi. Ushbu funksiya keyinchalik One UI 3.1 proshivkasiga o‘tgan boshqa smartfonlarda ham mavjud bo‘ladi.

O‘QING: Google Assitant, Alexa, Siri, Cortana, Bixby. Innaykeyin-chi?