Galaxy S22 hamda S22+ smartfonlarining dizaynida kichik o‘zgarishlar bo‘ladi

Galaxy S22 hamda S22+ smartfonlarining dizaynida kichik o‘zgarishlar bo‘ladi

LetsGoDigital ishonchli manbalarga tayanib Galaxy S22 hamda S22+ qurilmalarining renderlarini e’lon qildi. Suratlardan shuni ko‘rish mumkinki, ikki yangi smartfon oldingi avlod S21 hamda S21+ qurilmalariga juda o‘shab ketadi. 

O‘QING: Samsung 3-chorakda rekord darajada foyda ko‘rdi 

Yangi seriyasida faqatgina S22 Ultra smartfonining dizaynida katta o‘zgarishlar bo‘ladi. 

Galaxy S22 va S22+ qurilmalarining kameralar moduli vertikal joylashuvini saqlab qoladi. Shuningdek, kamera moduli xuddi S21 seriyasidagidek smartfonning rom qismi bilan birlashadi. 

Galaxy S22 smartfoni kichikroq 6.06 dyuymli FullHD+ rezolyutsiyadagi AMOLED displeyi bilan jihozlanadi. O‘z navbatida S22+ modelining displey hajmi ham 6.55 dyuymga kichrayadi. S21+ smartfonida esa bu ko‘rsatkich 6.67 dyuymni tashkil qilar edi. 

Xalqaro bozor uchun ishlab chiqariladigan smartfonlar Exynos 2200 chipi bilan, Xitoy hamda AQSh bozorlari uchun esa Snapdragon 898 chipi bilan jihozlanadi. 

O‘QING: Galaxy S22 Ultra haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!