Galaxy S22 jonli suratlarda

Galaxy S22 jonli suratlarda

Yangi Galaxy S22 seriyasi fevral oyining boshida taqdim etilishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S22 hamda S22+ smartfonlarining dizayni avvalgi S21 qurilmalariniki bilan o‘xshash bo‘ladi. 

Bugun Weibo platformasida Galaxy S22 smartfonining jonli suratlari paydo bo‘ldi. Smartfon ko‘rinishidan S21'ga juda ham o‘xshab ketadi. Orqa panel yaltiroq qoplamadaligi esa uni S21'dan farqlab turadi. 

Suratdan ko‘rinib turibdiki, avvalgi S21 smartfonlari kabi S22 hamda S22+ qurilmalari ham vertikal joylashgan kameralar moduliga ega bo‘ladi. LED chirog‘i esa modulning o‘ng tomonidan o‘rin oladi. 

Shuningdek, SM-S908U model raqamidagi Galaxy S22 Ultra (S22 Note) FCC tomonidan sertifikatlandi. Ushbu jarayon smartfon S-Pen'ga egaligini ko‘rsatib berdi. 

O‘QING: Galaxy S22 Ultra boshqa nom ostida taqdim etilishi mumkin 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!