Galaxy S22 Ultra'ning ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadi Samsung bitta smartfondan voz kechadi

Galaxy S22 Ultra'ning ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadi Samsung bitta smartfondan voz kechadi

Samsung Galaxy FE modelini ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘tatib turishi mumkin. Aniqroq qilib aytganda, S22 FE modeli taqdim etilmaydi. Bu haqda Janubiy Koreyaning The Elec nashri xabar bermoqda. 

Unga ko‘ra, chipsetlarning yetishmasligi hamda S22 Ultra modeliga talabning oshgani sabab kompaniya ushbu qarorni qabul qilishga majbur bo‘lgan. Biroq bu FE model endi ishlab chiqarilmaydi degani emas. Kompaniya kelasi yil S23 FE modelini taqdim etishi mumkin. 

Galaxy S22 FE modeli ham S22 Ultra kabi chipset bilan jihozlanishi kutilayotgan edi. Biroq kompaniyaning 2022 yilgi strategiyasida Ultra flagmanga asosiy e’tibor qaratilgan. 

Samsung FE seriyasida uch million dona smartfon ishlab chiqarishni reja qilgan edi. Endi bu reja S23 FE modeli uchun tadbiq etiladi. Xabarlarga ko‘ra, kompaniya 10 million dona S22 Ultra sotishni reja qilgan. Buning uchun ko‘proq resurslarni qayta taqsimlash kerak.

2023 yilga mo‘ljallangan dastlabki rejalarga ko‘ra, Samsung 30% ko‘proq Ultra model sotmoqchi, ya’ni 13 million dona. Galaxy S23 modelining sotuv hajmi 8,5 million donaga yetishi kutilmoqda. Eng kami esa S23+ modeli. Prognozga ko‘ra, ushbu model 6,5 million dona sotiladi. 

O‘QING: Ayrim iPhone 14 modellari SIM karta uyasiga ega bo‘lmaydi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!