Galaxy S22 va S22+ smartfonlari kamerasining to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Galaxy S22 va S22+ smartfonlari kamerasining to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarning kameralariga oid ko‘plab mish-mishlar tarqalgmoqda. Hozirda asosiy e’tibor Galaxy S22 Ultra'da bo‘lib turibdi. Biroq kecha Ice Universe insayderi Galaxy S22 hamda S22+ qurilmalaring kameralariga oid yangi ma’lumotlarni ochiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, ikkala smartfonga bir xil turdagi kameralar o‘rnatiladi. 

Kameraning texnik jihatlari quyidagicha: 

Asosiy kamera: 50MP, 1/1.57, 1.0 µm, f/1.8 diafragma. 

Ultrakeng kamera: 12MP, 1/2.55”, 1.4 µm, f/2.2 diafragma. 

Telefoto kamera: 10MP, 1/3.94», 1.0 µm, f/2.2 diafragma, 3x optik zum.

Selfi kamera: 10MP 1/3.24”, 1.22µm, f/2.2 diafragma

Galaxy S22 Ultra esa 108MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera hamda 10x va 3x zumni qo‘llab-quvvatlovchi ikkita telefoto bilan jihozlanadi. Qurilma, shuningdek, 40MP selfi kameraga ega bo‘ladi. 

Shuningdek, oldingi avlod bilan taqqoslaganda S22 hamda S22+ smartfonlarlaring displey hajmi biroz kichrayadi.

Smartfonlarning displey hajmlari quydagicha: 

Galaxy S22 - 6.06 dyuym

Galaxy S22+ - 6.55 dyuym

Galaxy S22 Ultra - 6.8 dyuym 

Galaxy S22 hamda S22+ smartfonlari yassi displey bilan, S22 Ultra esa chetlari qayrilgan displey bilan jihozlanadi. 

O‘QING: Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarining narxlari ma’lum bo‘ldi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!