Galaxy S23 seriyasiga Exynos chiplari o‘rnatilishi mumkin

Galaxy S23 seriyasiga Exynos chiplari o‘rnatilishi mumkin

Samsung kompaniyasi kelasi yil taqdim etiladigan S23 smartfonlariga qaysi chipni o‘rnatish borasida bir qarorga kela olmayapti. Ikki oy oldin Qualcomm barcha S23 modellari faqat Snapdragon 8 Gen2 chipi bilan jihozlanishini tasdiqlangan edi. 

Ice Universe ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung MX bo‘limi S22 modellariga o‘rnatilgan Exynos chiplarining unumdorlik darajasidan hafsalasi pir bo‘lgan. Biroq kompaniya rahbarlari keyingi yilgi modellar Exynos 2300 chipi bilan jihozlanishini xohlashmoqda. 

Ayni vaqtda 70% Galaxy S22 smartfonlari Exynos 2200 chipi bilan jihozlangan. Koreyalik kompaniya Yevropa, Afrika, Yaqin Sharq va MDH davlatlari uchun chiqarilgan modellarga Exynos chiplarini o‘rnatsa, Amerika hududi hamda Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya davlatlari uchun chiqadigan modearni Snapdragon chipi bilan jihozlaydi. Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari hamda Hindistonda ikkila chip bilan jihozlangan Galaxy S22 smartfonlarini topish mumkin. 

Exynos 2200 hamda Snapdragon 8 Gen1 chiplari 4 nanometrli jarayon asosida yaratilgan. Exynos chipi nisbatan kuchliroq GPU'ga ega bo‘lsa, Snapdragon CPU bo‘yicha ustunlikka ega. 

O‘QING: Wi-Fi 7 eng birinchi Galaxy S24 smartfonlarida bo‘ladi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!