Galaxy S23 Ultra kamerasi S22 Ultra va Pixel 7 Pro smartfonlarini ortda qoldirdi

Galaxy S23 Ultra kamerasi S22 Ultra va Pixel 7 Pro smartfonlarini ortda qoldirdi

Taniqli insayder Ice Universe o'zining Weibo sahifasida hali taqdim qilinmagan Galaxy S23 Ultra va hozirgi Galaxy S22 Ultra, hamda, Pixel 7 Pro smartfonlari bilan olingan suratlar ulashdi. Ma'lum bo'lishicha, suratlar flagman smartfonlarning asosiy kamerasi bilan olingan va ulardagi aniqlikni ko'rish uchun kattalashtirilgan holda kesib olingan.

Galaxy S23 Ultra bilan olingan surat
Galaxy S22 Ultra bilan olingan surat
Google Pixel 7 Pro bilan olingan surat

Bunda Galaxy S23 Ultra smartfoni 200MP asosiy kameraga ega va u bilan olingan oshqovoq surati 108MP va 50MP kamerali qolgan smartfonlarga qaraganda sezilarli darajada rangli, yorqin va tiniq ko'rinadi. Aytish kerakki, bu hali chiqarilmagan smartfon, ya'ni u hali to'liq bo'lmagan proshivkada ishlaydi. U rasman taqdim qilinganida esa qo'shimcha ilova va dasturlar smartfon bundanda tiniqroq suratlar olishi mumkin.

Galaxy S23 seriyasi kelasi yilning fevral oyi boshida taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Galaxy S23 Ultra 200MP kamera bilan qo‘lga tushdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!