Galaxy S23 Ultra konsept dizayni

Galaxy S23 Ultra konsept dizayni

Samsung kompaniyasi o'zining navbatdagi flagman smartfoni ustida ishlamoqda va u haqida ayrim ma'lumotlar allaqachon Internetda tarqatib yuborildi. Ma'lum bo'lishicha, Galaxy S23 seriyasidagi Ultra modeli kompaniyaning 200MP kamera sensoriga ega bo'lishi mumkin.

Technizo taxallusi bilan tanilgan dizayner bo'lajak Samsung flagmanining konsept dizaynini yaratdi. Quyidagi videoda siz 200MP kamerali bilan Galaxy S23 Ultra qanday ko'rinishga ega bo'lishini ko'rishingiz mumkin.

Samsung Galaxy S23 Ultra konsept dizayni. Muallif: Technizo Concept
Samsung Galaxy S23 Ultra konsept dizayni. Muallif: Technizo Concept

Albatta, bu smartfonning tahminiy ko'rinishi va u taqdim qilinganida shunday ko'rinishda bo'lish-bo'lmasligi noma'lum.

Garchi Samsung o'zining navbatdagi Ultra flagmanini 200MP bilan chiqarsa ham, u bunday kameraga ega birinchi smartfon bo'lmaydi, chunki Janubiy Koreya kompaniyasi yangi avlod Galaxy smartfonini keyingi taqdim qiladi. Motorola esa dunyodagi ilk rekord darajadagi kamera sensoriga ega smartfonni keyingi oy chiqarish uchun rejalashtirib qo'ygan.

O'QING: 200MP kamerali smartfonlar davri yaqinlashmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!