Galaxy S7 va boshqa Samsung smartfonlari qachon Android Oreo’gacha yangilanadi?

  •   DiMaX
  •  1724
  •  23.04.2018 15:23

Galaxy S7 va boshqa Samsung smartfonlari qachon Android Oreo’gacha yangilanadi?

Android operatsion tizimining sakkizinchi – Oreo talqini taqdim etilganiga ancha bo‘ldi. Smartfonsozlar o‘zlarining turli modellari uchun shu talqin asosidagi proshivkalarini bosqichma-bosqich tarqatib kelishmoqda.

O‘QING: Jahonda eng yaxshi sotilayotgan, qiziqish yuqori smartfonlar reytingi

Samsung kompaniyasi ham o‘zining Galaxy S7, Galaxy S7 Edge, Galaxy A3, shuningdek 2017 yilgi Galaxy A5 hamda Galaxy A7 modellari uchun Android Oreo talqinini 25 mayda taqdim etishi rejalashtirilgan edi. Ammo turli sabablarga ko‘ra ularning chiqish vaqti kechiktirildi.

Endi esa, Samsung’ning Turkiya bo‘limi sayti shu kabi bir nechta modellardagi qurilmalarning Android Oreo’gacha yangilanish vaqtini ma’lum qildi.

Ko‘rib turganingizdek, Galaxy S7 hamda S7 Edge modellari 18 may sanasida Oreo talqinidagi Android proshivkasini qabul qilib oladi. 2017 yilgi Galaxy A turkumidagi barcha smartfonlar esa 1 iyunda yangilanishi rejalashtirilgan.

Aytish kerakki, proshivkalarning «havo orqali» tarqatilish sanalari smartfonning savdoga qo‘yilgan hududiga bog‘liq holda farq qilishi ham mumkin. Masalan, xabarlarga ko‘ra, Galaxy A5 (2017) uchun yangilanishlar Rossiyadagi foydalanuvchilarga allaqachon kelgan.

O‘QING: Galaxy J8 (2018): hamyonbop smartfonlar bozorida kuchli raqib

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!