Galaxy S8 kamerasi iPhone 7 Plus’ni duelga chorladi

Galaxy S8 kamerasi iPhone 7 Plus’ni duelga chorladi

Samsung Galaxy S8’dan juda ko‘p narsa kutdik: «tugallanmas» ekran, 8 yadroli kuchli protsessor, ko‘zni skaner qiluvchi texnologiya, sifatli kamera. Xo‘sh, Galaxy S8 kamerasining imkoniyatini bilish uchun uni raqib brendi bo‘lmish iPhone 7 Plus olgan suratlar bilan taqqoslashga kirishdik.

iPhone 7 Plus flagmani 12 megapikselli 6 elementli va yorug‘lik qabul qiluvchi keng ob’yektivli ilg‘or kamera moduli (diafragma standarti — f/1,8) bilan ta’minlangan. Apparatning bosh kamerasi qo‘sh sensorli tizim bilan maqtanishi mumkin: keng burchak ostida suratga oluvchi 12 megapikselli hamda teleob’yektivga ega bo‘lgan yana bir 12 megapikselli sensorlar. Ushbu kombinatsiya smartfonga manzarani 2 karrali optik zum (raqamli 10 karralik) yaqinlashtirish imkonini beradi.

Samsung Galaxy S8’ning bosh kamerasi, o‘z navbatida, 12 megapikselli yagona sensori bilan “kurash”ga kirishadi. Uning diafragma standarti f/1.7’ga teng va suratni optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega. Oldinga flagman smartfonlarning kameralaridan texnik jihatdan farq qilmasa ham, kamera ilovasining suratni olish va qayta ishlash algoritmi boyitilgan. Samsung Galaxy S8’da raqibidagi kabi, qo‘sh ob’yektivli kamera yo‘q. Biroq, unda Dual Pixel texnologiyasi mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, bu texnologiya telefonga yorug‘lik past sharoitda ham yaxshi suratlar olishiga yordam beradi.

Quyidagi suratlar Galaxy S8 hamda iPhone 7 Plus flagmanlarida bir xil sharoitda olingan. Apple apparati detallarga boy va to‘g‘ri avtofokuslashi bilan ilg‘or bo‘lsa, Galaxy S8’ning kamerasi yorug‘lik past sharoitda ham sifatli surat olishi bilan diqqatga sazovor.

Quyidagi Galaxy S8 (chap tomonda) hamda iPhone 7 Plus (o‘ng tomonda) flagmanlari kameralarining “standart sozlamalari”da olingan suratlarning sifatiga o‘zingiz baho bering.


Quyida Galaxy S8 (chap tomonda) hamda iPhone 7 Plus (o‘ng tomonda) smartfonlarida olingan video tasvirlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!