Galaxy S8: Samsung foydalanuvchilarni kelajakka tayyorlamoqda

Galaxy S8: Samsung foydalanuvchilarni kelajakka tayyorlamoqda

Xabaringiz bo‘lsa, Samsung kompaniyasi o‘zining Twitter hamda Facebook sahifalari orqali #TheNextGalaxy xeshtegi ostida “Yaqin orada ulkan yangilik kelmoqda” sharhi bilan post qo‘yib, muxlislarining diqqatini tortgan edi.

Galaxy S8

Quyida ekspert va mutaxassislar e’lon qilayotgan gadjetga xos futurologik qarashlarni diqqatingizga havola qilamiz.
Galaxy S7 hamda Galaxy S7 edge flagmanlari namoyishidan qisqa fursat o‘tib, kompaniyaning bu yangiligi ko‘pchilikni hayratga soldi. Galaxy S7 2016 yilga qadar texnologiya olamiga kirib kelgan eng to‘kis va ko‘rkam smartfon sifatida e’tirof etilmoqda.

Gadjet 5.2 yoki 5.4 dyuymli displeyda bo‘ladi. Displeyning piksel sig‘imi ham yuqori darajada bo‘lishi aniq. Flagman 6 GB tezkor xotira, Snapdragon 820 protsessorida faoliyat ko‘rsatadi.

Garchi, Galaxy S7 smartfoni 200 GBgacha bo‘lgan qo‘shimcha xotirani qo‘llab-quvvatlovchi microSD bo‘lmachasiga ega bo‘lsa ham, foydalanuvchilar va ekspertlar Galaxy S8’ning doimiy xotirasi 256 GB bo‘lishi maqsadga muvofiqligini aytishmoqda.

Galaxy S7 smartfonining nafis displeyi barmoq izlariga juda ta’sirchan bo‘lgani bois Galaxy S8’da foydalanuvchilar barmoq izlarini yuqtirmaydigan qoplama yotqizilgan 5.2 dyuymli ekran shishasiga guvoh bo‘lishlari mumkin.

Samsung
Galaxy S7 gadjeti sifatli audio standartiga ega. Apple hamda HTC kompaniyasi bugun maksimal darajada ovoz uzatish va yozish qobiliyatiga egaligini hisobga olsak, Galaxy S8 ham audio texnologiyani rivojlantirishi tabiiy.
Galaxy S7’da Samsung qo‘sh pikselli kamera texnologiyasini tatbiq qilgan edi. Garchi, 12 MP bo‘lsa ham, uning kamerasi sifatli surat namoyish qilishda ayni paytda smartfonlar orasida yetakchidir. Shunday bo‘lsa ham, ekspertlar navbatdagi Galaxy’da 16 yoki 20 megapikselli bosh, 9 MP old kameraning bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashmoqda. Shu bilan birga, yangi gadjetda Samsung super optik surat barqarorlashtirish funksiyasini tatbiq etishi kutilmoqda. Uning kamerasi 3D tasvir yozib olishi ham mumkin.

SAMSUNG GALAXY S8

SAMSUNG GALAXY S8

Protsessor ishlab chiqaruvchi yirik ARM kompaniyasi Samsung, Nvidia hamda Texas Instruments bilan hamkorlikda PS4 va Xbox One o‘yin pristavkalarinikiga o‘xshash protsessorlar ishlab chiqarmoqda. Bu esa yangi gadjetning yana bir o‘ziga xosligidan, smartfon bazasida yangi videoo‘yin pristavkasi uchun platforma yaratilishi mumkinligini anglatadi.

Galaxy S8 displeyidan Gear VR virtual voqelik dubulg‘asining monitori sifatida foydalanish ham mumkinligi inobatga olinsa, Koreya korporatsiyasi smartfonda 4K sig‘imli displeydan foydalanishi haqiqatga yaqin.

Samsung
Galaxy S7 mobil aloqa vositasida tatbiq qilinmagan USB Type-C universal konnektorining navbatdagi flagman avlodida sinab ko‘rish ehtimoli yuqori.
Galaxy S8’ning qayrilma sohil ekranlari yanada samarali funksiyalar joriy etiladi.
Tabiiyki, yangi flagman yangicha ilg‘or g‘oyalar bilan boyitilgan bo‘ladi. Xususan, unda shu yil taqdim qilinishi rejalashtirilgan noutbuk gibridi – Galaxy Note 6’ning o‘ziga xos jihatlarining bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Aytish kerakki, so‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoq va internet resurslari Samsung kompaniyasi uchun foydalanuvchilar fikr-mulohazasini o‘rganish platformasiga aylangan. Yuqorida qayd etilgan e’lon ham ayni shu maqsadda nashr qilingan bo‘lsa, ajab emas.