Galaxy S8 Samsung’ning umidini puchga chiqardi

Galaxy S8 Samsung’ning umidini puchga chiqardi

Samsung kompaniyasi bir oy ichida Galaxy S8 hamda Galaxy S8+ smartfonlaridan 5 million dona sotgani ma’lum bo‘lgach, ekspertlar kompaniyaning o‘z flagmaniga yuqori baho bergani, uning savdo sur’ati 2014 yilda sotilgan Galaxy S4’dan ham yomonroq ekanini aytishmoqda.

Samsung Galaxy S8 savdosi to‘g‘risida ma’lum qilar ekan, tayinli biror fikr bildirmagan. Flagman savdosi bir tekis ketayotgani aytilgan xolos. Xuddi shunday munosabat 2011 yilda Galaxy Tab gadjeti savdosiga nisatan ham bildirilgan edi. O‘shanda ko‘p o‘tmay Galaxy Tab’ning bir oyda bor-yo‘g‘i 2 million dona sotilgani ma’lum bo‘lgan.

2015 yilda Galaxy S5 bir oyda 11 million donada sotilib, yangi rekord o‘rnatilgan. Galaxy S6 va Galaxy S6 edge’dan ilk haftada 10 million dona bozorga chiqarilgan bo‘lsa ham, zo‘rg‘a 6 milliontasi sotilgan. Shundan so‘ng koreyalik ishlab chiqaruvchi flagmanlari savdosida pasayish kuzatilmoqda. Uning amerikalik raqibi — Apple’da esa aksincha. Garchi, Apple umumiy miqyosda kam smartfon sotsa ham, smartfon savdosida Samsung’ga qaraganda 5,4 marotaba ko‘proq foyda oladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.