Galaxy S9 tezkorlik bo‘yicha AnTuTu'da imtihon topshirdi

Galaxy S9 tezkorlik bo‘yicha AnTuTu'da imtihon topshirdi

Samsung kompaniyasining so‘nggi flagmanlari bo‘lgan Samsung Galaxy S9 va S9+ smartfon sanoatida yangi davrni boshlab berishdi. Dizayn, kamera, animoji texnologiyalari – bular bari o‘ziga xos va yangilik. Shu bilan birga, korpusda o‘rin olgan kuchli protsessorning nimalarga qodirligi barcha uchun qiziq.

Har ikkala flagmanda hududidan kelib chiqib Exynos 9810 yoki Snapdragon 845 protsessorlari o‘rnatiladi. Kuni kecha mazkur smartfonlarning platforma samaradorligi turli benchmarklarda sinovdan o‘tkazildi.

Jahon miqyosida tanilgan AnTuTu benchmarki natijalariga ko‘ra, Exynos 9810 chipiga ega Samsung Galaxy S9 modeli 241470 ball to‘plagan.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval Snapdragon 845 protsessori o‘rnatilgan Xiaomi Mi Mix 2S modelining platforma imkoniyatlari sinovdan o‘tkazilganda, hali taqdim etilmagan bu gadjet AnTuTu benchmarkida 273 741 ball to‘plagan.

Misol uchun, iPhone X flagmani o‘zidagi ilg‘or Bionic A11 chipi bilan bu benchmarkda 224 ming ball to‘plagan. To‘g‘ri, AnTuTu – bu taxminiy imtihon va amalda smartfonlar tezkorligi natijadan farq qilish mumkin.

Bir yadroli ishlashda Exynos 9810 protsessori raqibi hisoblangan Bionic A11 chipidan ortda qoladi.

O‘qing: Galaxy S9 kamerasida ilk marta suratga olishdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!