Galaxy S9’da eng ko‘p kutilgan funksiya umuman bo‘lmasligi mumkin

  •   DiMaX
  •  1358
  •  30.10.2017 14:25

Galaxy S9’da eng ko‘p kutilgan funksiya umuman bo‘lmasligi mumkin

Janubiy koreyalik texnogigantning navbatdagi flagmani – Galaxy S9 modelida daktiloskopik sensor bo‘lmasligi ehtimoli yuqori.  Bu haqda, Ice Universe nikli xitoylik insayderning tvitiga tayangan holda GizmoChina xabar bergan.

Ice Universe so‘zlariga ko‘ra, Samsung displeyning ostiga barmoq izi skanerini joylamaydi. Kompaniya displey orqali daktiloskopik skanerlash texnologiyasini joriy etishdan voz kechmoqchi.

O‘QING: Apple va Samsung uddalay olmagan texnologiyani Vivo amalga oshirdi

GizmoChina manbasi mazkur qarorning sababini ko‘rsatmagan. Lekin, agarda ushbu prognoz to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, yangi modelda ikkita yechimdan biri tatbiq etilishini kutish mumkin. Birinchi versiya – Samsung kompaniyasi flagmanining daktiloskopik sensori uning orqa paneliga o‘rnatiladi. Ikkinchi yo‘li – Galaxy S9’da barmoqni skanerlovchi datchik umuman bo‘lmaydi, shaxsni tanish funksiyasi esa boshqa, nisbatan takomillashgan skanerlash uslubiga tayanadi.

Yaqin kelajakda Samsung ham, xuddi Apple singari, ko‘z to‘r pardasini skanerlash texnologiyasi evaziga barmoq izi sensoridan voz kechishi ham mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.