Galaxy S9’ga boshqa smartfonlarda umuman bo‘lmagan bir datchik ham qo‘shiladi

  •   DiMaX
  •  2603
  •  13.10.2017 11:50

Galaxy S9’ga boshqa smartfonlarda umuman bo‘lmagan bir datchik ham qo‘shiladi

Samsung o‘zining navbatdagi flagmaniga umuman o‘zgacha bir datchik ham tatbiq etishi mumkin. Kompaniya muhandislari yaqinda atrof-muhit datchigi uchun patent olishdi, deb yozadi PhoneArena sayti.

Oldinlari bunday datchiklar yo aniq o‘lchashga imkon bermaydigan darajada kichik, yo smartfonlarga joylashmaydigan darajada katta bo‘lardi. Ammo Samsung Electronics xodimlari oltin o‘rtalikni topishgan – endi bu datchik smartfon korpusining ichiga joylanadi.

Xabarda aytilishicha, mazkur datchik havoning tozaligini o‘lchaydi. Muhandislar bu sensorni cho‘zinchoq shaklga keltirib, nisbatan yassi qilishgan. Joyni tejash uchun ushbu qismni displey osti platasiga o‘rnatishgan.

Yangi – havo tozaligi datchigi havodagi zararli moddalar miqdorini tekshiradi va bu ko‘rsatkich xavfli darajaga yetganida, foydalanuvchini ogohlantiradi.

Manbalar Samsung ushbu yangicha datchikni Galaxy S9 modeliga tatbiq etishini prognoz qilishyapti. Biroq hozircha bu ma’lumot tasdiqlangan emas.

Ta’kidlash o‘rinliki, shu kungacha chiqarilgan smartfonlarning birortasida bunaqa sensor o‘rnatilgan emas. Umuman, smartfonlarda nechta va qanday datchiklar bo‘lishini esa mana bu maqolamizdan o‘qib olishingiz mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.