Galaxy S9'ga buyurtma olinmoqda, biroq bozorda jiddiy raqib muammo tug‘dirmoqda

Galaxy S9'ga buyurtma olinmoqda, biroq bozorda jiddiy raqib muammo tug‘dirmoqda

Janubiy Koreyada Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ flagmanlariga oldindan buyurtma berish jarayoni boshlandi, biroq xabarlarga qaraganda hozircha yangi smartfonlarga nisbatan jamoatchilik qiziqishi kutilganidek emas. Hattoki, kompaniya buni e’lon qilishga ham ikkilanib turibdi.

Galaxy S9 modellari Galaxy S8 va Galaxy S8+ kabi buyurtma berish boshlangan ilk kunning o‘zidayoq kunning muhim voqeasi bo‘la olmadi. Kompaniya Galaxy S8 va Galaxy S8+ smartfonlariga buyurtma berish bilan bog‘liq ilk natijalarni 6 soatdan so‘ng e’lon qilgan edi. Biroq, yangi flagmanlarga buyurtma berish boshlanganiga 2 kun bo‘ldi. Samsung hozircha jim.

Mahalliy yetkazib beruvchilardan birining ma’lum qilishicha, ayni paytda Janubiy Koreyada katta qiziqishlarga sabab bo‘layotgan boshqa bir smartfon mavjud - LG V30'ning "merosxo‘ri" bo‘lgan LG V30S ThinQ! Bu smartfon "sun’iy idrok" xususiyatiga ega bo‘lgani bilan ahamiyatli.

Smartfon 6 dyuymli, OLED matritsali va QuadHD (2880 x 1440 pikselli) displey bilan ta’minlangan. FullVision ekranning tomonlar nisbati 18: 9 standartida.

Qualcomm Snapdragon 835 protsessori smartfonning tezkor va samarali ishlashi uchun xizmat qiladi. Surat olishda ham bu flagman Galaxy S9 bilan bellasha oladi. Hatto "sun’iy idrok" tizimi orqali bu borada ilg‘or ham bo‘lishi kutilmoqda.

Ekspertlarning fikricha, bu yil mahalliy smartfon bozorida Samsung "yakka hokimligiga" nuqta qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, Samsung flagmanlari 5,8- hamda 6,2 dyuymli, romdan xoli bo‘lgan Super AMOLED, yon tomonga qayrilgan dizayndagi Quad HD+ (2960 × 1440 pikselli) sig‘imli ekranga ega bo‘lgan. Bu smartfon Snapdragon 845 chipseti bilan o‘ziga xos.

S9 modeli $720 hamda S9+ $840 dollar bahosida, yuqorida nomi keltirilgan LG V30S ThinQ esa 1000 AQSh dollaridan savdoga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!