Galaxy S9’ning asosiy sirlaridan birini Samsung muhandisi sotib qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  2483
  •  13.11.2017 16:07

Galaxy S9’ning asosiy sirlaridan birini Samsung muhandisi sotib qo‘ydi

Janubiy koreyalik gigantning navbatdagi – Galaxy S9 hamda S9+ smartfonlari qandaydir old sensorga ega bo‘ladi. Aftidan, bu foydalanuvchini yuzidan tanib oladigan datchik bo‘lsa kerak, deb yozadi TrueTech nashri.

O‘QING: Galaxy S9’ga boshqa smartfonlarda umuman bo‘lmagan bir datchik ham qo‘shiladi

Xabarga ko‘ra, yangi flagmanda o‘zgacha texnologiyali sensor mavjud bo‘lishi xususida haqda Samsung Electronics’da ishlaydigan muhandislardan biri LinkedIn tarmog‘ida yozgan. Texnologiyalar sohasidagi so‘nggi trendlarga qaraydigan bo‘lsak, bu yuzni skanerlash funksiyasiga ega datchik bo‘lishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: Xiaomi 2018 yilgi smartfonlarida 3D-sensorlarni joriy etadi

Muhandisning ta’kidlashicha, kompaniyaning Galaxy S10 hamda Galaxy S11 ishchi nomlari ostida tayyorlanayotgan bo‘lajak flagmanlari asosida shu yangi datchik yotadi. Yangi ishlanma sharofati bilan Samsung, aftidan, biometrik identifikatsiyaning Apple boshlab bergan yangi erasiga dadil kirib bormoqchi.

O‘QING: "Face ID"ga ega ilk android – Vivo X20 taqdim qilindi

Bundan tashqari, simsiz tarmoqlar uchun integral mikrosxemalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Broadcom Limited kompaniyasi xodimlaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S9 modeli Samsung’ning «Buyumlar interneti»ga mo‘ljallangan birinchi smartfoni bo‘ladi. Koreyaliklarning mazkur konsepsiyaga qiziqishi yuqori ekanini inobatga olsak, bunga ham ishonsa bo‘ladi.

O‘QING: Android uchun «dunyodagi eng zo‘r» yuzni tanish tizimi Rossiyada yaratildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.