Galaxy S9 olsammi yoki S9 Plus – "Malika"da yana bosh qotdi!

Galaxy S9 olsammi yoki S9 Plus –

Qaysi biri tezkor? Xotira imkoniyatlari qanday? Qay birining ekrani yaxshi? Surat olish imkoniyatlari bir xilmi? Ortiqcha pul sarflashga zarurat bormi? Shularga javob topamiz. Quyida Samsung Galaxy S9 modeli "akasi" bo‘lgan S9+ modeliga qarshi kurashib ko‘radi.

Qaysi biri tezkor?

Mana, ikkinchi yildirki, Samsung flagmanlarining har ikkalasi, ya’ni ularning hajmidan qat’inazar bir xil protsessor bilan ta’minlamoqda. Ulardagi samaradorlik deyarli farq qilmaydi.

Bu flagmanlarning har ikkalasi Snapdragon 845 – Qualcomm’ning so‘nggi va 10 nanometrli kuchli mobil platformasiga ega bo‘lgan. Yevropa va jahonning aksariyat mamlakatlarida esa S9/S9+ flagmanlari Samsung’ning o‘zi ishlab chiqargan  Exynos 9810 chiplariga ega bo‘lgan. Bu chiplar ham samaradorlikda yuqoridagi Snapdragon 845 bilan bir xil.

Xotira

"Plus" modeldagi bosh o‘ziga xoslik shundaki, uning tezkor xotira sig‘imi 2 gigabaytga kattaroq. Ya’ni, 6 gigabaytli. Kichik talqinda esa tezkor xotira 4 gigabaytli. Bugungi smartfonlar uchun 4 gigabaytli tezkor xotira – yetarli. Bundan oshig‘i "marketing aldovi" deyiladi. Tezkor xotira qancha katta bo‘lsa, smartfonda bir vaqtning o‘zida ko‘proq ilovalardan foydalanish imkoniyati ham oshadi.

Smartfonlarning har ikkalasida doimiy xotira sig‘imi 64 yoki 256 gigabaytli.

Ekran

Smartfonlarning ekranlari 5.8 hamda 6.2 dyuymli, ya’ni S7 va S7+ kabi. Ularning sig‘imi quad-HD+. Ekranlarda video uchun HDR10 va sifatli ovoz uchun Dolby Atmos ovoz texnologiyasi mavjud.

Kamera

Flagmanlardagi ikkinchi eng katta farq - ularning kameralari. Kichik talqindagi bosh kamera bir sensorli bo‘lsa, yuqori talqinda qo‘sh sensordan foydalanilgan. Bu kameralar Galaxy Note 8 modelidagi kabi ishlaydi. Unda sifatni yo‘qotmagan holda 2 karralik optik yaqinlashtirish funksiyasi mavjud. Shu bilan birga, orqa fonni g‘ira-shira qilib suratga olish rejimi ham mavjud.

Garchi, yuqori talqinda sensor 2 ta bo‘lsa ham, ularning surat olish imkoniyati bir xil. Boisi, smartfonlardagi 12 megapikselli bosh modullarda "aqlli mexanik apertura" joriy qilingan. Bu qurilma kerak vaqtda o‘z o‘lchamini f/2.4 dan f/1.5 hajmigacha o‘zgartiradi. Misol uchun, quyosh nuri ostida f/2.4 hajmidagi apertura ishlatilsa, yorug‘lik past sharoitda apertura hajmi f/1.5 gacha qisqaradi. Natijada, yorqin suratlar olish mumkin bo‘ladi.

Biroq, yuqori talqindagi smartfonda mavjud qo‘sh sensor, ya’ni yordamchi telefoto linzasi orqa fonni professional darajada g‘ira-shira qilish, sifatli yaqinlashtirish va keng burchak ostida surat olish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.

Smartfonlarda sekundiga 60 kadrli odatiy 4K video yoki sekundiga 960 ta kadrli sekinlashtirilgan video suratga olish mumkin. 

Har ikkala modelda 8 megapikselli old kamera mavjud. Uning apertura hajmi f/1.7 standartli. Old kamerada AR Emoji – foydalanuvchini suratga olib, uning virtual qiyofasini yaratuvchi texnologiya joriy qilingan.

Akkumulyator

Galaxy S9+ modeli 3500 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyatori bilan maqtansa, uning "ukasi"ga 3000 mA soat sig‘imli batareya o‘rnatilgan. Har ikkalasi ham simsiz quvvatlashning Qi texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, ularni USB-C porti orqali tezkor quvvatlash mumkin.

Samsung Galaxy S9 va S9+ dizaynidagi o‘ziga xosliklar

S9 ko‘rinishidan avvalgi yilgi flagmandan unchalik ham farq qilmaydi. Har ikkala smartfon qayrilma shakldagi shisha panellar hamda IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoya qilingan yupqa romli metall korpus bilan o‘ziga xos.

Barmoq izi skaneri bosh kamera ostiga o‘rnatilgani maqsadga muvofiq ish bo‘lgan.

Galaxy S9+ modeli 189 gramm tosh bosadi, Galaxy S9 esa 163 gramm. Qad-qomatining yirikligi hisobiga Galaxy S9+ ekrani ham kattaroq. Uni bir qo‘lda boshqarish oson ish emas.

Har ikkala modelni qora, binafsha rang, ko‘k rangli korpuslarda xarid qilish mumkin.

Narx-navo va raqiblar

Xalqaro bozorda Galaxy S9 $720, Galaxy S9 Plus $840 dollardan sotilmoqda. Farq - $120 dollar.

Samsung Galaxy S9 hamda S9 Plus flagmanlari bugungi kunda yurtimizda ham sotilmoqda. "Malika"da Samsung Galaxy S9 vjltkb 6 435 000 so‘m, Samsung Galaxy S9+ esa 7 260 000 so‘mdan sotilmoqda.

Xo‘sh, 800 ming so‘mlik narxdagi farqda Samsung Galaxy S9 hamda Samsung Galaxy S9 Plus talqinlaridagi qaysi o‘ziga xos jihatlar namoyon bo‘ladi? 800 ming so‘m ortiqcha pul sarf qilish yoki tejamkorlik bilan yondashish maqsadga muvofiqmi?

Bu pulga iPhone 8 (64Gb, 6 142 000 so‘m) yoki iPhone 8+ (64, 7 179 000 so‘m) xarid qilish ham mumkin.

Xulosa: Samsung Galaxy S9 yoki S9+?

800 ming ortqcha sarflab siz:

6% ga kattaroq ekranga;

50 foizga qattaroq tezkor xotiraga;

nisbatan yaxshiroq kameraga;

16 foizga sig‘imdor akkumulyatorga ega bo‘lasiz. Agar bu imkoniyatlarga ehtiyoj sezmasangiz, Galaxy S9 ham siz uchun ayni muddao va bu ham yuqori imkoniyatli smartfon.

So‘nggi xulosani doimgidek o‘z ixtiyoringizda qoldiramiz.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.