Galaxy S9 va S9+ smartfonlari iPhone X’ni ortda qoldirdi

  •   DiMaX
  •  2246
  •  09.06.2018 12:14

Galaxy S9 va S9+ smartfonlari iPhone X’ni ortda qoldirdi

Counterpoint tahlilchilarining kuni kecha e’lon qilgan hisobotiga qaraganda, joriy yilning aprelida janubiy koreyalik gigantning Galaxy S9 va S9 Plus modellari dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan. Bu jihatdan ular hatto Apple iPhone X yubiley superflagmanidan ham o‘zib ketishgan.

O‘QING: Galaxy S9/S9+ : superflagmanlarning siri!

Qizig‘i shundaki, Samsung’ning bu ikki flagmani ham deyarli bir xil hajmda sotilgan – har biriga dunyo smartfonlar bozorining 2,6 foizidan ulush to‘g‘ri kelgan. iPhone X esa 2,3 foizlik ulush bilan uchinchi o‘rinni egallay olgan. Kupertinoliklarning iPhone 8 Plus modeli ham shunday ko‘rsatkich namoyon etgan, iPhone 8 esa – 2,2 foiz.

Mana, o‘sha oyda dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilgan smartfonlar o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinish olgan:

Ko‘rib turganingizdek, top-o‘ntalikda yana Xiaomi Redmi 5A, iPhone 6, Xiaomi Redmi 5 Plus/Note 5, iPhone 7 hamda Galaxy S8 rusumli qurilmalar ham bor. Mana shu o‘nta modeldagi devays dunyo bozoridagi smartfonlar savdosining salkam 20 foizini egallagan.

Darvoqe, Samsung’ning ko‘plab modellardagi aqlli telefonlarini Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: XUShXABAR: Terashop.uz internet-do‘konimiz ishga tushdi! O‘zbekiston bo‘yicha eltib beriluvchi Samsung smartfonlarining 570 000 so‘mdan boshlangan narxlari (2018 yil 8 iyun)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!