Galaxy smartfonlarini yetkazib berish 16% ga qisqardi

Galaxy smartfonlarini yetkazib berish 16% ga qisqardi

Samsung Electronics o‘zining 2-chorakdagi moliyaviy hisobotini shu hafta oxirida e’lon qilishi kutilmoqda, ammo tahlilchilar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foydaning 15.6% ga oshishini prognoz qilishmoqda, deya xabar bermoqda Yonhap News.

Maishiy elektronika sotuvining pasayishiga qaramasdan foyda 16.5% ga oshdi. Bundan tashqari, aprel-iyun oylarida smartfonlar yetkazib berish 61 million donaga kamaydi. Bu o‘tgan chorakga nisbatan 16% ga kam demakdir. 

Foyda 2.6 trillion Koreya vonini (2 milliard dollar) tashkil qiladi, bu o‘tgan yilga nisbatan 600 milliard vonga kam demakdir. Samsung'ning displey panellari biznesida ham talab pasaymoqda, prognoz qilingan foyda 1 trillion Koreya vonini (760 million dollar) tashkil etadi. O‘tgan yili ushbu foyda 1.3 trillion vonni tashkil qilgan edi. Maishiy texnikadan olinadigan foydada yanada katta pasayish kuzatildi - sof foyda yarmiga qisqarib, 500 milliard vonni tashkil etdi.

Yaxshiyamki, kompaniyaning chip biznesi mahsulotlarga bo‘lgan kam talabni qoplashga muvaffaq bo‘ldi. Tahlilchilar chip savdosini 42% ga o‘sishi va undan olinadigan foyda 9.8 trillion von (7,5 milliard dollar) bo‘lishini prognoz qilmoqdalar. DRAM chiplarini yetkazib berish 9% ga oshdi. Bundan tashqari, NAND chiplariga talab o‘tgan yilga nisbatan 2% ga oshdi.

Umumiy hisob-kitoblarga ko‘ra, Samsung'ning ikkinchi chorakdagi sotuvlari 76.8 trillion Koreya voni yoki 58,4 milliard dollarni tashkil etadi. Bu boradagi foyda 14.5 trillion vonni (11 milliard dollar) tashkil etadi. Natijalarga ko‘ra, foyda 2021 yilning ikkinchi choragiga nisbatan 15.6% ga oshgan.

Shunga qaramay, bu faqat taxminlar xolos, Samsung'ning rasmiy hisoboti payshanba kuni e’lon qilinadi.

O‘QING: Uchta Galaxy A smartfoni Android 12 tizimiga o‘tmoqda