Galaxy Xcover 6 Pro taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi

Galaxy Xcover 6 Pro taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi

May oyidan beri Samsung yangi Galaxy Xcover 6 Pro nomli "qattiq" smartfon ustida ishlayotgani mish-mish qilib kelinayotgan edi. Endi, rasman ma'lum bo'lishicha, kompaniya kelasi oyda u bilan birgalikda yana bir qattiq qurilma, Galaxy Tab Active 4 Pro planshetini ham qo'shib chiqaradi.

XCover 6 Pro smartfoni Samsung anchadan beri chiqarmayotgan mustahkam telefon bo'lib, garchi kompaniya chiqarib olsa bo'ladigan batareyali smartfonlar sotishni ancha oldin to'xtatgan bo'lsa ham, u bu qurilma uchun istisno qiladi. Avval tarqatilgan renderlardan ko'rish mumkinki, telefon qattiq va qalin plastik bilan o'ralgan va u IP68 himoya darajasiga ega. Vertikal chiziqli naqshga ega orqa panelida esa vertikal tushirilgan ikkilik kamerasi bor va ularning asosiysi 50MP bo'lishi mumkin.

Telefon 6.56 dyuymli ekran va uning yuqori markazidagi tomchi tirqishda 13MP selfi kamera, Snapdragon 778G chipset bilan 6GB operativ, 128GB doimiy xotiraga ega bo'ladi. Mish-mishlarga qaraganda, uning alishtirsa bo'ladigan batareyasi 4,500 mAh bo'ladi. Shuningdek, 235 gramm va 10 millimetrlik qalinlikdagi smartfon 3.5 mm simli quloqchin uchun uyaga ega bo'ladi.

Galaxy Tab Active 4 Pro esa, u ham mustahkam himoyalangan qoplamaga ega. Afsuski, u alishtirsa bo'ladigan batareya bilan chiqarilmaydi, lekin planshet bir necha marta zarbalar va tushirib yuborilishlarga chiday oladi va S Pen bilan keladi.

Biroz qo'pol bo'lsa-da, lekin mustahkam himoyalangan ushbu qurilmalar kelayotgan 13-iyul kuni bo'ladigan onlayn tadbirda global bozorga taqdim qilinadi.

O'QING: Galaxy S22 FE kutib ovora bo'lmang!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.