Gaming Mode – har qanday smartfonni o‘yinga moslab kuchaytiruvchi bepul ilova

  •   DiMaX
  •  1587
  •  09.02.2019 17:04

Gaming Mode – har qanday smartfonni o‘yinga moslab kuchaytiruvchi bepul ilova

Hozirda mobil o‘yinlar ishqibozlari ko‘pligini hisobga olib, smartfonsozlar maxsus geymerofonlarni ham taqdim eta boshlashgan. Lekin boshqa «el qatori» smartfonlarni ham imkon darajasida o‘yinga moslovchi Gaming Mode ilovasi ham bor.

O‘QING: 390 dollardan boshlanuvchi Nubia Red Magic Mars chiqdi: 10 GBgacha «operativka»li o‘yinbop smartfon!

Gaming Mode ilovasi smartfonning sozlamalarini o‘yinga moslab o‘zgartirish imkonini beradi. Buning uchun uning bosh oynasida shesternyacha belgichasini bosib menyuni ochasiz. Shu yerda o‘yin uchun profilni sozlab: internetni uzib, kiruvchi qo‘ng‘iroq va bildirishnomalarni o‘chirib, ekran yorqinligini pasaytirib qo‘yish mumkin.

Mazkur ilova yordamida bitta sozlamalar profilining o‘zini barcha ilovalar uchun qo‘llash ham mumkin, har bir o‘yin uchun alohida sozlamalar profili o‘rnatsa ham bo‘ladi. O‘yindan chiqqaningizdan so‘ng Gaming Mode yana sozlamalardagi u bilan bog‘liq o‘zgarishlarni bekor qiladi.

Gaming Mode’ning bepul versiyasida funksiyalar birmuncha cheklangan, shuningdek, pastki qismida reklama ham chiqib turadi. Pullisida esa qo‘ng‘iroqlarni bloklash rejimlarini tanlash, kontaktlarning «oq» va «qora» ro‘yxatlarini sozlash mumkin. Bundan tashqari, u o‘ynayotgan paytingizda sizga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmaganlarga SMS-xabar yubora oladi ham.

O‘yin ishqibozlari o‘zlarining Android-qurilmalariga Gaming Mode’ni mana bu havola orqali yuklab olishlari mumkin.

O‘QING: Eng muvaffaqiyatli mobil o‘yin shu kungacha yarim milliard dollar daromad keltirgan