G‘ayrioddiy kamerali Galaxy A90 ilk videorolikda: u kutilganidan boshqacharoq ekan!

  •   DiMaX
  •  2797
  •  04.04.2019 10:45

G‘ayrioddiy kamerali Galaxy A90 ilk videorolikda: u kutilganidan boshqacharoq ekan!

Samsung kompaniyasi 10 aprel kuniga yirik taqdimot rejalashtirgan. Kompaniya unda birdaniga to‘rtta – Galaxy A20e, Galaxy A40, Galaxy A60 hamda Galaxy A90 smartfonlarini namoyish etishi kutilmoqda.

O‘QING: Selfi-kamerasi korpus ichidan chiquvchi ilk Samsung smartfoni – Galaxy A90 suratlarda!

O‘rta narxli Samsung smartfonlarining yetakchisi – Galaxy A90 eng antiqa modellardan biri bo‘lyapti. Kompaniya ushbu qurilmasida ilk bor korpus ichidan chiquvchi kamera qo‘llayotgani aytilmoqda. Qizig‘i – korpusning orqa panelida boshqa kamera yo‘q, shu bitta kameraning o‘zi ham oldga ham orqaga «qarab», asosiy va selfi-kamera vazifasini bajara oladigan bo‘ladi.

TechNave resursi e’lon qilgan videolavhada shu paytgacha internetda tarqalgan ma’lumotlar asosida tayyorlangan Samsung Galaxy A90 renderi ko‘rsatilgan. Unda mazkur smartfon biz tasavvur qilganimizdan ko‘ra boshqacharoq ekanini ko‘ramiz:

Guvohi bo‘layotganingizdek, «yig‘ilgan» holatida kamera korpus ichiga yashirilmasdan, balki orqa panelda qoladi. Ehtimol, Galaxy A90 kamerasi chindan ham aynan shunday bo‘lib chiqar – bunga tez orada aniqlik kiritiladi. Darvoqe, kompaniya bu modelini Galaxy A80 nomi bilan chiqarishi ham mumkin...

O‘QING: Navbatdagi «jonli» surat Galaxy A90 (yoki Galaxy A80) smartfonining yana bir jihatini fosh etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.