Global Xiaomi 12, 12 Pro va 12X smartfonlari taqdim etildi

Global Xiaomi 12, 12 Pro va 12X smartfonlari taqdim etildi

Nihoyat uzoq kutilgan Xiaomi 12 seriyasining global versiyalari e’lon qilindi. Tez orada uchala qurilma Yevropa, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerika va boshqa hududlarda sotuvga chiqadi. 

Barcha smartfonlarning narxi ma’lum bo‘ldi. 8/256GB xotiraga ega bo‘lgan Xiaomi 12 Pro modelining narxi 1000 dollar/1000 yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, uning 12/256GB xotiraga ega bo‘lgan turi ham mavjud. Mi 11 Pro modeli xalqaro bozorga sotuvga chiqmaganligi uchun uning narxini yangi model bilan taqqoslashning iloji yo‘q. 

Xiaomi 12 (8/128GB) modeli esa 750 dollar/800 yevro narxda sotuvga chiqadi. Qurilmaning 8/256 va 12/256GB xotiraga ega turlari ham mavjud. O‘tgan yilgi Mi 11 (8/128GB)  bilan taqqoslasak, yangi modelning narxi 50 yevroga qimmatlashgan. 

Xiaomi 12X modeli o‘z “akalari“ kabi Snapdragon 8 Gen1 bilan emas, balki Snapdragon 870 chipi bilan jihozlangan. Shuning uchun u Xiaomi 12'dan 100 dollar arzonroq, boshqacha qilib aytganda qurilmaning narxi 8/128GB xotira turi uchun 650 dollar/700 yevroni tashkil qiladi. Ushbu modelning 256GB xotiraga ega versiyasi ham bor.  

Uchala model ham kulrang, binafsha va ko‘k ranglarda taqdim etildi. Xiaomi 12 modellaridan birini sotib olgan xaridorlar uch oy bepul YouTube Premium ilovasidan foydalanishlari hamda YouTube Music Premium'ga a’zo bo‘lishlari mumkin. 

O‘QING: Xiaomi yangi aqlli soatlarini qachon taqdim qilishini aytdi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!