Google 500 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Google 500 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Fransiyaning monopoliyaga qarshi kurashish idorasi mualliflik huquqi masalalari bo‘yicha yangiliklar noshirlari bilan qanday muzokaralar olib borishi kerakligi to‘g‘risidagi regulyatorning ko‘rsatmasini bajarmaganligi uchun Google'ga 500 million yevro jarima soldi, deya xabar bermoqda iXBT.

O‘QING: Xiaomi blogerni sudga berib, jarimaga torttirdi

Jarima Google va Facebook singari onlayn platformalarga xalqaro bosim kuchayib borayotgan bir paytda amalga oshirildi.

Endi Google keyingi ikki oy ichida axborot agentliklari va boshqa noshirlarga o‘zlarining yangiliklaridan foydalanganlik uchun qanday kompensatsiya to‘lashi mumkinligi to‘g‘risida takliflar bilan chiqishi kerak. Agar bu bajarilmasa, kompaniya kuniga 900 ming yevrogacha qo‘shimcha jarimaga tortiladi.

«Biz butun jarayon davomida yaxshi niyatda harakat qilganmiz. Jazo bizning kelishuvga erishish harakatlarimizni va platformalarimizda yangiliklar qanday ishlashini e’tiborga olmagan», deydi Google vakili.

APIG, SEPM va AFP yangiliklar nashriyotlari texnologik kompaniyani «aloqador huquqlar» deb nomlangan Yevropa Ittifoqining so‘nggi ko‘rsatmasiga binoan, onlayn yangiliklar tarkibini mukofotlash uchun umumiy asos topish uchun ular bilan vijdonan muzokaralar olib bormaganlikda ayblamoqda.

Avvalroq, Google mualliflik huquqi bo‘yicha nizolarni tugatish uchun Fransiyadagi 121 noshirlik guruhiga uch yil davomida 65 million yevro to‘lashga rozi bo‘lgan edi.

O‘QING: Google dasturchini seriyali qotilga «aylantirdi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!