Google allaqachon Pixel 3 smartfonlarini tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  961
  •  24.10.2017 16:39

Google allaqachon Pixel 3 smartfonlarini tayyorlamoqda

Yaqindagina Pixel 2 hamda Pixel 2 XL flagmanlarini taqdim etgan Google kompaniyasi allaqachon Pixel 3 seriyasidagi uchta smartfonni tayyorlashga kirishgan. Bu haqda Android Review portali ma’lumotlariga tayangan holda gagadget.com sayti yozmoqda.

Manbadagi ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘lajak qurilmalar Crosshatch, Albacore va Blueline kodli nomlari ostida tayyorlanmoqda. Balki kompaniyaning o‘zida ularni qisqartirgan holda harflar bilan – A, B va C deb atashar.

Yana xabar qilinishicha, bu uchta devaysdan ikkitasi 2018 yilning flagmanlari, uchinchisi esa o‘rta narx toifasiga mansub, ammo «ichki dunyosi boy» smartfon bo‘ladi.

Yangi ma’lumotlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, Google flagmanlardan tashqari o‘rta toifali klassik smartfon ustida ham ishlamoqda. Ehtimol, kelasi yili bu amerikalik gigant tavakkal qilib, standart tarzdagi ilg‘or gadjetlardan tashqari, keng iste’molchilar ommasi uchun nisbatan hamyonbop variantni ham taqdim etar.