Google arzon mini-smartfon ham taqdim etyapti

  •   DiMaX
  •  945
  •  05.10.2018 18:16

Google arzon mini-smartfon ham taqdim etyapti

«Qidiruv giganti» deya tavsiflanuvchi Google kompaniyasi turli gadjetlar ham ishlab chiqaradi. Jumladan, joriy yilning 9 oktyabrida u bir qator devayslar qatori Pixel turkumidagi yangi smartfonlarini ham namoyish qilmoqchi.

O‘QING: Google yangi Pixel smartfonlari va boshqa gadjetlari taqdimotiga taklif etmoqda

Mashhur bloger va insayder Roland Kvandtga ko‘ra, Google kompaniyasi mitti ushbu taqdimot tadbirida yana bitta – mitti smartfonini ham namoyish qiladi. Ushbu devays ham Pixel turkumiga kiradi, ammo flagman bo‘lmaydi.

Bir necha kun avval Google o‘zining Instagram-sahifasida hazilnamo bir surat e’lon qilgandi. Rasmda to‘rtta smartfon maketi tasvirlangan bo‘lib, ulardan birining o‘lchami brelok hajmicha keladi. To‘g‘ri, «kichkintoy» smartfon unchalik ham mitti bo‘lmasa kerak, bu shunchaki kompaniya dizaynerlarining hazili.

Xabarlarga ko‘ra, ushbu «mini-piksel»ning kodli nomi – Bonito. Bu smartfonchaga o‘rta darajali Qualcomm Snapdragon 710 protsessori o‘rnatiladi. Bundan chiqdi, uning narxi ham Pixel 3 va Pixel 3 XL modellaridan ancha arzon bo‘ladi.

O‘QING: Taqdim etilmagan Google Pixel 3 XL allaqachon «qora bozor»da sotilyapti! (+«jonli» video va suratlar)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.